Oppo F9 selfifoni: jihat va narx ma’lum bo‘ldi

Oppo F9 selfifoni: jihat va narx ma’lum bo‘ldi

Oppo kompaniyasining Xitoy va jahon smartfon bozorida tobora ommalashib borayotgani uning selfi olishga mo‘ljallangan kuchli devayslarni ishlab chiqarayotgani bilan bog‘liq. Ishlab chiqaruvchi so‘nggi vaqtlarda kamerafonlari bilan muvaffaqiyat qozonmoqda. Navbatdagi selfifon "Oppo F9" deb nomlanib, taqdimot 15 avgustda kutilmoqda. Telefon apparati Android 8.1 Oreo operatsion tizimining o‘zlashtirilgan ColorOS 5.1 interfeysida faoliyat ko‘rsatadi.

Selfi uchun 25 megapiksel aniqligida surat oluvchi old kamera tanlangan va uning yorug‘likni o‘tkazuvchi linzasi f/2.0 standartli. Old kamerada ham portretlar olish uchun "sun’iy aql" yordamga keladi.

Oppo F9 telefon apparatining korpus o‘lchamlari: 156,7x74x7,99 mm hamda vazni 168 gramm.

Oppo F9 old panelida 6,3 dyuymli ekran bo‘lib uning piksel sig‘imi FullHD+ (2280x1080 belgi). Ma’lum qilinishicha, old panelning 88% qismi displeydan iborat bo‘ladi. Bosh kamerada ob’yektivlar soni ikkita: 16 Mp (f/1.85) hamda 2 Mp.

Oppo kompaniyasi Helio P60 chipsetiga sodiq ishlab chiqaruvchilaridan biri. Uning ko‘plab devayslarida ana shu protsessorni ko‘rish mumkin. MediaTek ishlab chiqargan bu chipsetga Oppo F9 modeli ham ega bo‘lgan. Bu protsessor imkoniyatlariga ko‘ra, Snapdragon 636 bilan tenglashadi, ya’ni o‘rtacha imkoniyatli hisoblanadi. Smartfon 4/64 Gb hamda 6/64 Gb talqinlarda ishlab chiqariladi, xotirani kengaytirish uchun microSD bo‘lmachasi yo‘q.

Oppo F9 devaysining diqqatga sazovor jihatlari qatorida akkumulyator sig‘imini aytish mumkin - tok sig‘imi 3500 mA soat hamda tezkor quvvat oladi. Gadjet Wi-Fi, Bluetooth, 4G VoLTE tarmoqlarida ishlaydi, korpusda MicroUSB porti mavjud.

Oppo F9 modelini $362 dollardan boshlab xarid qilish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.