OPPO Find X: flagmanning xususiyatlari o‘zgacha

  •   Saroy
  •  992
  •  05.06.2018 17:24

OPPO Find X: flagmanning xususiyatlari o‘zgacha

Xitoylik ishlab chiqaruvchi OPPO yana flagmanli segmentga qaytishga qaror qildi. Yangi qurilmaning nomi OPPO Find X. Kuni kecha smartfonning yangi tasvirlari haqida hikoya qilingan edi, endi kompaniya uning namoyish etiladigan kunini e’lon qildi, ya’ni smartfonning xalqaro namoyishi 19 iyunda Parijda uyushtiriladi.

O‘QING: Oppo F7 Youth savdoga chiqarilmoqda

Mish-mishlarga qaraganda, flagman katta 6.42-dyuymli kichik romli ekran bilan jihozlanadi. Ekranning formati 2K, tomonlar nisbati  19 ga 9 va xuddi iPhone X’ga o‘xshab “kemtikli”. Unda old kamera, yuzni 3D skanirlash uchun maxsus datchiklar va dinamik joylashishi kerak. Katta ehtimol bilan, qurilmaning ishlashini nufuzli protsessor sanalgan Qualcomm Snapdragon 845 ta’minlaydi va uning tezkor xotirasi  8 GB’ga teng. Smartfonning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri,  unda 5-barobarli optik zumli qo‘sh kamera bo‘ladi. Modul 5G-tarmoq, ekran pasida barmoq izlari skaneri va tez quvvatlantiradigan Super VOOC texnologiyaci bilan qo‘llab-quvvatlangan.

O‘QING: Oppo A3 – «kemtik»li romsiz ekranga va 4/128 GB xotiraga ega smartfon taqdim etildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!