Oppo Find X3 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Oppo Find X3 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

So‘nggi yillarda Oppo oddiylikdan qochib, hali hech kimning xayoliga kelmagan, maqtovga loyiq yangilik va innovatsiyalarni taqdim etmoqda. Bular qatoriga harakatlanuvchi kamera, pop-ap kamera, geometrik shakllardan ilhomlangan panellar va VOOC tezkor quvvatlash imkoniyati kabilar kiradi.

O‘QING: realme X7 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Kompaniyaning eng so‘nggi Find X3 Pro smartfonini ham innovatsion yangilik deyish mumkin. Eng zamonaviy texnik jihatlar va dizaynga ega bo‘lish bilan birga, Find 10-bitli rang imkoniyatlari bilan ham maqtana oladi, sababi qurilmaning ekrani ham, kamerasi ham 10-bitli ranglarni suratga olish va ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Oppo Find X3 Pro'ning taqdimot shiori ham «Ranglarni uyg‘otib» deb nomlangan edi. Bu esa smartfon yordamida 1 milliard ranglarni suratga olish va ekranda aks ettirish mumkinligiga urg‘u beradi.

Qurilma ekrani qayrilgan bo‘lib, 6.7" diagonalga ega. 10-bitli OLED ekran yuqori o‘lcham va yuqori yangilanish chastotasi bilan maqtana oladi. Orqa panelda esa atrofdagi olamni 10-bit rangda kadrga muhrlay oladigan kameralar kvarteti joylashgan.

Orqa tomonda joylashgan to‘rtta kamera ham ajoyib jihatlarga ega. Smartfonni bu to‘rtta «ko‘z»i ko‘rinishidan an’anaviy keng/ ultrakeng/ telefoto/ makro ob’yektivlarga o‘xshasa-da, aslida bunday emas. Asosiy keng va ultrakeng kameralar 50MPlik bir xil — Sony IMX 766 sensoridan foydalanadi, biroq ularning optikasi boshqa-boshqa. Bundan tashqari, 13MPlik 2x telefoto va 60 karra kattalashtirish imkoniga ega 3MPlik mikroskop kamera va LED chirog‘i ham orqa panel kamera modulidan o‘rin egallagan.

Oppo Find X3 Pro foydalanuvchiga hozirda mavjud eng kuchli SoC — Snapdragon 888 chipsetini taklif etadi. Ushbu chipset o‘n uchta 5G palosasini qo‘llab-quvvatlovchi 5G modemga ega.

Smartfon xotirasining faqatgina bitta konfiguratsiyasi mavjud — 12GB LPDDR5 tezkor xotira, 256GB UFS3.1 toifasidagi doimiy xotira. Smartfon, shuningdek, Dolby Atmos sertifikatiga ega stereo karnaylar, katta — 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator hamda VOOC toifasidagi 65 Vt da tezkor quvvatlanish imkoniyatlarini o‘z bag‘riga sig‘dirgan. Qurilma tezkor simsiz va reversiz (teskari) simsiz zaryad olish/uzatish funksiyasiga ham ega.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Oppo Find X3 Pro'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 163.6x74.0x8.3 mm, 193 g; shishadan ishlangan old panel (Gorilla Glass 5), shishadan ishlangan orqa panel, alyuminiy rom; chang va suvdan himoyaning IP68 darajasi (1.5 m chuqurlikda 30 daqiqagacha).
> Displey: 6.70" LTPO AMOLED, 1 mlrd rang, 120Hz, HDR10+, 500 nit (doimiy), 1300 nit (maks.), 1440x3216p rezolyutsiya, 20.1:9 forma faktor, 525ppi piksel zichligi.
> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 (5 nm): sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680; Adreno 660.
> Xotira: 256GB 8GB RAM, 256GB 12GB RAM; UFS 3.1.
> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 50 MP, f/1.8, 1/1.56", 1.0µm, ko‘p yo‘nalishli PDAF, OIS; •Ultrakeng burchakli: 50 MP, f/2.2, 110˚, 1/1.56“, 1.0µm, ko‘p yo‘nalishli PDAF; •Telefoto: 13 MP, f/2.4, 52 mm, 2x optik zum, 5x gibrid zum, PDAF; •Makro: 3 MP, f/3.0.
> Old kamera: 32 MP, f/2.4, 26 mm (keng), 1/2.8", 0.8µm.
> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30/60 kadr/sek., 1080p@30/60/240 kadr/sek.; giro-EIS; HDR, 10‑bitli video; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek.
> Akkumulyator: 4,500 mAs; 65 Vt tezkor quvvatlash, 10 daq. 40% (reklamaga ko‘ra),  30 Vt tezkor simsiz quvvatlash, 80 daq. 100% (reklamaga ko‘ra), 10 Vt da simsiz reversiv quvvatlash, SuperVOOC 2.0, USB Power Delivey.
> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); stereo dinamiklar; NFC.

Find X3 Pro smartfoni ko‘plab xalqaro bozorlarda sotuvga chiqadi va Oppo qurilma uchun xalqaro kafolatni ham va’da qilmoqda. Odatda, xitoylik smartfonsozlar uskunasini sotib olayotganda mana shu muammoga duch kelinadi va mana endi Oppo buni bartaraf etmoqchi.

Keling, endi Gloss Black Oppo Find X3 Pro smartfonimizni qadog‘idan ochib ko‘ramiz.

Qadoq tarkibi
Galaxy va iPhone'lardan farqli o‘laroq, Oppo Find X3 Pro ichi to‘la aksessuar bo‘lgan yog‘on qadoqda sotiladi. Qadoq ichida smartfondan tashqari 65 Vt lik VOOC 2.0 quvvatlagich adapteri, 6.5A nominalidagi bir tomoni USB-A ikkinchi tomoni USB-C kabeli, USB-C quloqchinlari va qora himoya g‘ilofi bo‘ladi.

Oppo Find X3 Pro ekraniga zavodda yupqa protektor qoplangan bo‘ladi, ammo bu juda ham yupqa bo‘lib, biror-bir amaliy foydaga ega emas.

O‘QING: Samsung Galaxy S20 FE'ning to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!