Oppo Find X4 Pro smartfoniga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi

Oppo Find X4 Pro smartfoniga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi

Shu yilning mart oyida Oppo kompaniyasi Find X3 Pro flagman smartfonini taqdim etgan edi. Endi ushbu smartfonning yangi avlodi - Find X4 Pro haqida mish-mishlar tarqalmoqda. 

Digital Chat Station ma’lumotlariga ko‘ra, smartfon Snapdragon 8 Gen 1 chipi bilan jihozlanadi hamda 80 vatt quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Shuningdek, qurilma 1440p rezolyutsiyadagi 6.7 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, u 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlaydi. 

Kamera haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, Oppo Find X4 Pro ikkita 50MP kamera, 13MP telefoto kamera hamda 32MP selfi kameraga ega bo‘ladi.

Avvalgi Find X3 Pro qurilmasi 3MP mikroskop kamera bilan jihozlangan edi. Hozircha Find X4 Pro bunday turdagi kameraga ega bo‘lishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 

O‘QING: OnePlus 10 Pro'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!