Oppo Find X5 Pro'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Oppo Find X5 Pro'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Yaqin yillardan buyon OnePlus kompaniyasi kameralar sifatini yaxshilash maqsadida Hasselblad bilan hamkorlik qilayotgan edi. Bu yildan OnePlus'ning “yaqin qarindoshi“ bo‘lgan Oppo ham mashhur kamera ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 

O‘QING: Oppo Find X5 Pro jonli suratlarda 

Esingizda bo‘lsa, bir necha hafta oldin X50 Pro'ning jonli suratlarini taqdim etgan edik. Fotosuratda smartfonning orqa panelida Hasselblad yozuvi borligi ko‘ringan edi. 

Shuningdek, kamera modulida “Powered by MariSilicon“ yozuvi ham bor edi. MariSilicon - bu Oppo kompaniyasiga tegishli bo‘lgan brend bo‘lib, u tasvirni qayta ishlash chiplarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 

Qurilmaga 1/1.56 dyuymli hamda 1.0 µm piksel kattaligi va f/1.7 diafragmadagi 50MP asosiy kamera, f/2.2 diafragmadagi ultrakeng kamera o‘rnatiladi. MariSilicon chipi 10-bitli rang maydonida tasvirni qayta ishlash bilan shug‘ullanadi, shuningdek, u ko‘p yo‘nalishli avtofokus tizimini tez ishlashini ta’minlaydi. 

WinFuture ma’lumotlariga ko‘ra, smartfonga 5x gibrid zumga ega bo‘lgan 13MP telefoto kamera o‘rnatiladi. Taqqoslash uchun, X3 Pro modeli 2x optik zumni qo‘llab-quvvatlovchi telefoto kamera bilan jihozlangan edi. Avvalgi ma’lumotlarda X5 Pro ham 2x optik zumga ega bo‘lgan kameraga ega bo‘lishi aytilgan edi. 

Selfi kamera yangilanadi. Eski IMX615 sensori o‘rniga yangi 32MP rezolyutsiya hamda f/2.2 diafragmadagi IMX709 senori o‘rnatiladi. 

Find X5 Pro modeli 80 vattda quvvat oluvchi  5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. Avvalgi model 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega ekanligini hisobga olsak, buni o‘sish deyish mumkin. Shuningdek, smartfonni simsiz ham quvvatlash imkoniyati yaratiladi. 

Qurilmaga 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi 1440 piksel rezolyutsiyadagi 6.7 dyuymli LTPO AMOLED displeyi o‘rnatilishi kutilmoqda. Displey Gorilla Glass Victus shishasi bilan himoyalanadi. Smartfon korpusi alyuminiydan ishlangan hamda unda suv va changdan himoyalovchi IP68 standarti mavjud. 

Qurilamaning Ceramic Black hamda Ceramic White rangdagi turlari bo‘lsa ham, ularning orqa peneli keramika bilan emas, balki shisha bilan qoplanadi. Yangi model eskisiga qaraganda qalin va og‘irroq. Qalinlik 8.5 millimetr, og‘irlik esa 218 grammni tashkil qiladi. 

Oppo Find X5 Pro smartfoni 12GB tezkor hamda 256GB UFS 3.1 doimiy xotirasi bilan integratsiyalashgan Snapdragon 8 Gen chipi bilan jihozlanadi. Xotira hajmini microSD kartasi bilan kengaytirishning imkoni yo‘q. 

Find X5 seriyasidan uchta smartfon o‘rin oladi. Pro modelning narxi 1200 yevrodan oshiq bo‘lishi aytilmoqda. Oddiy Find X5 esa Dimensity 9000 chipiga ega bo‘lishi kutilmoqda. 

Oppo kompaniyasi Find X5 triosini fevral oyi oxirida taqdim etadi. 

O‘QING: Motorola stilusga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etdi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!