Oppo kamerasi 25 Mp bo‘lgan selfifonni namoyish etdi

  •   Saroy
  •  1218
  •  08.08.2018 15:30

Oppo kamerasi 25 Mp bo‘lgan selfifonni namoyish etdi

Oppo kompaniyasi o‘zining Vetnamdagi saytida Oppo F9 smartfoni haqida batafsil ma’lumot berdi. Ushbu model boshqa bir qator mintaqalarda Oppo F9 Pro nomi bilan paydo bo‘lishi mumkin.

Yangi model 2018 yil mart oyida debyut qilgan Oppo F7’ning o‘rnini egallaydi. Oppo F9 dizayni bo‘yicha ham yangilangan — ekrandagi qirqma juda ixcham joylashtirilgan, go‘yo tomchidek.

O‘QING:Yaqindagina betakror smartfon taqdim etgan smartfonsoz navbatdagi flagmanini e’lon qildi

Oppo F9 25 Mp bo‘lgan old kamera bilan ta’minlanadi. Qurilma 6,23-dyuymli displeyiga ega, uning formati Full HD+ (2280 x 1080 pikselli), tomonlar nisbati esa 19 ga 9. Orqa panelida 16 Mp bo‘lgan asosiy kamera hamda barmoq izlari skaneri joylashgan.

O‘QING:Oppo old kameradan voz kechib, orqa panelida sensor ekranli smartfon yaratadi

Apparatning asosini sakkiz yadroli MediaTek Helio P60 protsessori tashkil etadi. U 4 yoki 6 GB tezkor xotiraga hamda 64 yoki 128 GB ichki xotiraga ega, qolaversa sig‘imi  256 GB  gacha bo‘lgan microSD formatidagi kartochkasi ham bor. Akkumulyatori 3500 mAch sig‘imiga ega, VOOC Flash  texnologiyasi bo‘yicha tez quvvatlanadi. Qurilma ikkita SIM-karta bilan ta’minlangan.  Yangi smartfon  ColorOS 5.2 qobiqli Android 8.1 Oreo operatsion tizimi asosida ishlaydi.

Xabarda aytilishicha, Oppo F9 avgust oyida  sotuvga chiqariladi, narxi 342 dollar.