Oppo R15S haqida qiziq ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda

  •   Saroy
  •  1403
  •  16.06.2018 11:55

Oppo R15S haqida qiziq ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda

Xitoyning TENAA sertifikatsiyalash byurosi ma’lumotlar bazasida yana bir yangi smartfon Oppo paydo bo‘ldi. Hizircha u  Oppo R15S’ga o‘xshayapti.

TENAA bergan ma’lumotda aytilishicha, yangi qurilma  PABT00 va PABM00 raqamli model versiyasiga ega bo‘ladi. Tashqi tomondan qurilma  Oppo R15’ni eslatib yuborayapti, faqat bitta farqi bor — orqa tomonida barmoqlar izi skaneri yo‘q. Balki, u Xiaomi Mi 8 Explorer Edition  yoki Vivo NEX Ultimate’dagi kabi  ekran ostiga o‘rnatilar.

O‘QING: OPPO Find X: flagmanning xususiyatlari o‘zgacha

Bundan tashqari, yangi qurilma  6.2-dyuymli displey va sig‘imi  bilan 4100 mAch bo‘lgan batareya bilan ta’minlanadi. Afsuski, protsessori haqida ma’lumot berilmagan, lekin taxmin qilinishicha, u  SoC Snapdragon 660 yoki yaqinda namoyish qilingan    Snapdragon 710 bo‘ladi. Shuningdek smartfon  4/6 GB OZU va 128/256 GB PZU bilan ham jihozlangan bo‘lishi mumkin.

Yangi qurilmaning taqdim etilish sanasi haqida hozircha xabar berilmadi. Ayni paytda Xitoy ishlab chiqaruvchisi o‘zining Oppo Find X flagmanining taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, u erta-indin Parij shahrida bo‘lib o‘tishi kerak. Saytimizni kuzatib borsangiz, bu haqda albatta, xabar beramiz.

O‘QING: OPPO tayyorlagan – displeydagi daktiloskopik datchik dunyoda tengsiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!