OPPO R17 Pro taqdim etildi: uch modulli kamera, o‘ta tez quvvatlanuvchi ikkita akkumulyator va datchikli ekran!

  •   DiMaX
  •  1485
  •  24.08.2018 15:52

OPPO R17 Pro taqdim etildi: uch modulli kamera, o‘ta tez quvvatlanuvchi ikkita akkumulyator va datchikli ekran!

OPPO R17 Pro taqdim etildi: uch modulli kamera, o‘ta tez quvvatlanuvchi ikkita akkumulyator va datchikli ekran!

Keyingi paytlarda turli innovatsiyalarga boy modellari bilan o‘zini ko‘rsatayotgan xitoylik smartfonsoz o‘zining OPPO R17 smartfonini taqdim etganligi haqida yozgan edik. Ushbu kompaniya mazkur modelning «Pro» versiyasini ham namoyish etdi.

O‘QING: Datchikli ekranga ega, 510 dollarlik Oppo R17 selfifoni chiqdi!

OPPO R17 Pro modelining diagonaliga 6,4 dyuymlik ekrani 2340x1080 pikselli bo‘lib, korpus old yuzasining 91,5% qismini egallagan. Displeyning tepa qismidagi «o‘yiq» ham iPhone X uslubida emas, balki tomchisimon shaklda. Ushbu mittigina «kemtik»da selfi-kamera joylashgan.

Shuningdek, barmoq izi skaneri ham ekranning o‘ziga integratsiya qilingan.

Smartfonning samaradorligini 2,2 GGs takt chastotasiga ega bo‘lgan sakkiz yadroli Snapdragon 710 protsessori ta’minlab beradi. Tasvirlarning tezkorlikda qayta ishlanishi uchun esa Adreno 616 grafik chipi mas’ul.

O‘QING: Oppo uch kamerali smartfonini namoyish qildi

Flagmanning tezkor xotirasi 8 GB, ichki xotirasi esa 128 GB hajmga ega, ammo qo‘shimcha xotira kartasi uchun joy yo‘q.

OPPO R17 Pro gadjetining asosiy kamerasi uchta ob’yektivli: 12 megapikselli (f/1,5 – f/2,4) asosiy modul, 20 megapikselli (f/2,6) yordamchi sensor hamda uch o‘lchamli skanerlovchi TOF 3D datchigi. Old kamera ham selfi ishqibozlarini shod etishi tayin – naq 25 megapikselli sensor. Tag‘in, barcha kamera modullari «sun’iy idrok» funksiyasini qo‘llab-quvvatlab, tasvirlarni tanib olishga hamda kadrlarni keyin qayta ishlashga qodir. AI Super Clear Engine texnologiyasi esa unga yaxshi yoritilmagan sharoitlarda ham sifatli suratlar olish imkonini beradi.

Qizig‘i, kompaniya bu smartfoniga ikkita akkumulyator o‘rnatgan, ularning jami tok sig‘imi 3 700 mA/soatga teng. SuperVOOC Flash Charge texnologiyasi tufayli esa batareyani 10 daqiqada 40 foizga to‘ldirish mumkin.

OPPO R17 Pro uchun 625 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan; uning Xitoydagi savdosi oktyabrning o‘rtalarida boshlanadi. Ehtimol, o‘shanda uni onlayn savdo platformalari orqali xarid qilish mumkin bo‘lar. Agarda onlayn xarid borasida tajribangiz yetarli bo‘lmasa, u holda tovarlarga «Terabayt.uz» saytimiz orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!