Oppo Reno8 va Reno8 Pro modellari xalqaro bozor uchun taqdim etildi

Oppo Reno8 va Reno8 Pro modellari xalqaro bozor uchun taqdim etildi

Oppo Reno8 seriyasida ikkita smartfon xalqaro bozorga sotuvga chiqadi. Reno8 Pro modeli may oyida Xitoy bozori uchun Reno Pro+ nomi ostida taqdim etilgan bo‘lsa, oddiy model Xitoyda sotiladigan Reno8'ning takomillashgan versiyasi hisoblanadi. 

Ikki smartfon ikkita katta farqni hisobga olmasa bir-biriga juda o‘xshaydi. 

Oppo Reno8 Pro 

Reno8 Pro modeli Dimensity 8100 Max chipi bilan jihozlangan. Chip 5 nanometrli jarayon asosida yaratilgan bo‘lib, unda to‘rtta Cortex-A78, to‘rtta a55 yadrolari va Mali-G610 MC6 grafik protsessori joylashgan. Tasvirni yaratish uchun kompaniyaga tegishli MariSilicon X chipi yordamga keladi. 

Qurilmaga 1,080 x 2,412 piksel rezolyutsiyadagi 6.7 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, u 120 gerts yangilanish chastotasi va HDR10+ funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. 

PUBG'ni ushbu smartfon orqali 90 gertsli rejimda o‘ynash mumkin. Bu jihatdan Reno8 Pro modeli Reno smartfonlar orasida birinchi bo‘ldi. Ikkala smartfon ham bir xil kamera to‘plamiga ega, biroq MariSilicon chip sabab Pro model yaxshiroq suratlarni taqdim etadi.

Orqa paneldan 1/1.56 dyuymli Sony IMX766 sensoriga ega bo‘lgan 50MP asosiy kamera joylashgan. Unga f/1.7 diafragmadagi 7P linzasi o‘rnatilgan. Asosiy kameradan tashqari Sony IMX355 sensorli 8MP ultrakeng va 2MP makro kameralarni ham uchratish mumkin. 

Old tomonda IMX709 sesori bilan jihozlangan 32MP selfi kamera joylashgan. Yorug‘lik past bo‘lgan vaqtda kamera RGBW matritsadan foydalanib surat sifatini yaxshilaydi. Selfi kamera avtofokus funksiyasiga ega ekanligini ta’kidlab o‘tish zarur. IMX709 ham, IMX766 sensori ham 4x keng dinamik diapazon uchun DOL-HDR'ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, Pro model stereo dinamik va X-axis haptik dvigatelga ega. Orqa panel ichida grafit qoplam joylashgan. Aytgancha, orqa panelning o‘zi shisha bilan himoyalangan. 

Oppo Reno8 Pro modeli 19 iyuldan sotuvga chiqadi. Uning 8/256GB xotiraga ega turining narxi taxminan 575 dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari, 12/256GB xotirali versiya ham sotuvga chiqadi. 

Oppo Reno8 

Reno8 modeli Dimensity 1300 chipida ishlaydi. Ushbu chip ham to‘rtta A78 hamda A55 yadrolari, shuningdek, eski avloddagi Mali-G77 MC9 grafik protsessoriga ega. 

Chip 8GB LPDDR4X tezkor hamda 256GB UFS 3.1 doimiy xotirasi bilan birikkan. Hindiston bozori uchun ishlab chiqilgan versiya esa 128GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Ikki smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan ColorOS 12.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Oddiy modelning displey Pro modelnikidan farq qiladi. Unga FHD+ rezolyutsiyadagi 6.4 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatilgan. Displey 90 gertsda ishlaydi hamda unda HDR10 funksiyasi mavjud emas. 

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ikkala smartfonga bir xil kameralar o‘rnatilingan. Shuning uchun Reno8 modelida bunga to‘xtalib o‘tirmaymiz. 

Smartfonlarning hajmi ikki xil bo‘lsa ham, ikkala modelga 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. U 80 vattlik SuperVOOC quvvlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Gadjetlar 50% quvvat olishi uchun 11 daqiqa vaqt sarflaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, 110 vattlik quvvatli elektr bilan ta’minlangan davlatlar uchun 66 vattda quvvat oluvchi smartfonlar yetkazib beriladi. 

Oppo Reno8 modeli 25 iyul sanasidan sotuvga chiqadi. Uning narxi 488 dollarni tashkil qiladi.

O‘QING: Nothing phone (1) smartfonida birinchi ishkal 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!