Oq ranglisi urfda emas: qaysi rangdagi smartfonlar eng ommalashgan

  •   Saroy
  •  942
  •  25.10.2018 15:03

Oq ranglisi urfda emas: qaysi rangdagi smartfonlar eng ommalashgan

Yangi Strategy Analytics tadqiqot agentligi AQSh, G‘arbiy Yevropa, Xitoy va Hindistonda  smartfon foydalanuvchilari o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, bugungi kunda qanday rangdagi gadjetlar urfda ekaniga aniqlik kiritdi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qora ranglilari hamon eng ommalashgan qurilma unvonini saqlab kolmoqda. Undan keyin ommaviylik borasida kumush ranglilari bormoqda. Shu bilan birga, ayollar alvon tillarangli qurilmalarni ma’qul ko‘rishi ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: 2018 yil boshida eng ommalashgan 10 smartfon 

Qora va kumush rangli gadjetlar so‘rovda ishtirok etgan respondentlarning yarmiga ma’qul kelgan, uchdan biri oq va alvon tilla ranglilarni didiga mos, deb bilisharkan. Qiziq tomoni shundaki,  “muqobil” rangdagi smartfonlar ham borgan sari ommalashib bormoqda, qora rangli smartfonlarning ommaviylik ko‘rsatkichi asta-sekin tushmoqda. Qolaversa, hozirda foydalanuvchilar smartfonlarni g‘ilofining  rangbarangligiga qarab ham ma’qul ko‘rishmoqda.

O‘QING: AQShda iPhone’dan keyingi ommabop smartfon brendlari aniqlandi