Original Xiaomi quloqchinlarini qalbakilaridan qanday farqlaymiz?

  •   DiMaX
  •  3231
  •  18.01.2018 16:12

Original Xiaomi quloqchinlarini qalbakilaridan qanday farqlaymiz?

Yuqori sifat va past narxga ega qurilmalari bilan tanilib borayotgan Xiaomi kompaniyasi mahsulotlari bizning bozorlarimizda ham sotilmoqda. Biroq ommaboplikning ikkinchi tomoni ham bor: kimlardir ushbu xitoylik korporatsiya nomidan qalbaki smartfon va aksessuarlar chiqarib sota boshlashgan.

O‘QING: Ekspert: «Har kimdan ham smartfon sotib olmang!»

Bugun Xiaomi quloqchinlarining aslini qalbakisidan farqlashni ko‘rib chiqamiz.

1. Tashqi ko‘rinishi va jamlanmasini ko‘zdan kechirish

Xiaomi’ning original quloqchinlari oq rangli, bir tomoniga quloqchin surati tushirilgan, kvadrat ko‘rinishli qutiga qadoqlangan bo‘ladi. Uning qutisi ochilishdan muhofazalangan – tasmacha shaklida qirqib olinadigan himoya qismiga ega.

Qadog‘ining ichida quloqchinning o‘zidan tashqari ikki juft, har xil o‘lchamli ambushyur (quloqqa tiqiladigan joyidagi yumshoq qismi) ham solingan bo‘ladi.

Quloqchinning o‘zi metalldan ishlangan va shakli sal qiyshiqroq, shu sababli ham quloq chig‘anog‘ida a’lo darajada o‘rnashadi.

2. QR-kodi orqali tekshirish

Quloqchinning originalligini tekshirishning eng ishonchli va keng tarqalgan usuli – QR-kod orqali tekshirishdir. Xiaomi quloqchinlaridan har birining simiga betakror QR-kod tushirilgan kichkina yorliq yopishtirilgan. Shu orqali mahsulotning originalligini Xiaomi rasmiy saytidan tekshirib olish mumkin.

Xitoylik korporatsiya hammasini puxtalik bilan oldindan o‘ylab, QR-kodni nusxalash mumkinligini ham inobatga olgan. Shu bois har bir QR-kodning necha marta skanerlanganini hisoblaydigan servisni ham yo‘lga qo‘ygan.

Xullasi kalom, Xiaomi quloqchinlarining originalligini QR-kod orqali bunday tekshiramiz:

  1. O‘z smartfoningizga QR-kodni skanerlab aniqlovchi ilova o‘rnatib oling;
  2. Quloqchinning simida joylashgan QR-kodni unga «o‘qiting»;
  3. Ilova taklif etgan havola bo‘yicha servisga o‘ting.

Agarda ekranda xitoycha iyerogliflar qurshovidagi MiRabbit ko‘rinsa, tabriklaymiz – qo‘lingizdagi quloqchin original ekan!

Darvoqe, Mi Piston Headphones Basic rusumli quloqchinning videotavsifini mana bu havola orqali Facebook-sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin. Ushbu mahsulotni 70 000 so‘mdan xarid qilish uchun, +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali «Terabayt.uz» sayti menejeriga murojaat qilishingiz mumkin. Iltimos, murojaat etganingizda, narxlarni va saytda berilgan boshqa ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

O‘QING: Xiaomi Piston Fresh – alyuminiy korpusli yangi garnitura

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!