Toshkent shahrida bankomatdagi pulni o‘g‘irlab, uskunani jarga uloqtirib ketishdi

Toshkent shahrida bankomatdagi pulni o‘g‘irlab, uskunani jarga uloqtirib ketishdi

Toshkent shahar Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, fuqaro R.T. (1998 yilda tug‘ilgan) Shayxontohur tuman ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga «O‘z aybiga iqrorlik arizasi» bilan murojaat qildi. Bu to‘g‘rida "Xabar.uz" nashri xabar tarqatmoqda.

R.T. «iqrornomasida» 2017 yil 30 dekabr kuni soat 05:30 da «hamtovoqlari» Z.S. hamda P.M. bilan G.Uzoqov ko‘chasi «Olivo» restorani oldidagi bankomatni o‘g‘rilab, ichidagi 830.000 so‘m pullarni olgani, uskunani esa Uchtepa tumani O‘rikzor jariga tashlab yuborgani va sheriklaridan biri o‘g‘irlangan pulning 240.000 so‘mini o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgani haqida yozma ravishda ma’lum qildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Tass.ru