Ortga nazar: S seriyasining birinchi vakili bo‘lgan Galaxy S smartfoni

Ortga nazar: S seriyasining birinchi vakili bo‘lgan Galaxy S smartfoni

Samsung Galaxy S (I9000 model raqamli) 2010 yilning mart oyida taqdim etilgan. Demak, S seriyasi paydo bo‘lganiga 10 yildan oshdi. Galaxy S iyun oyidan boshlab sotila boshlagan va 2011 yilgacha jami 10 million dona sotilgan. Shulardan 4,000,000 ta Shimoliy Amerikada, 2,500,000 ta Yevropada sotilgan.

...

S seriyadagi smartfonlar Super AMOLED displeyini ommlashtirdi. Biroq Galaxy S bu turdagi displey bilan jihozlangan birinchi smartfon emas. Samsung birinchi bo‘lib AMOLED displeylarini Bada operatsion tizimi bilan ishlovchi Wave seriyasidagi smartfonlarga o‘rnatgan. Kompaniya Wave smartfonlari millionlab miqdorda sotilishini ko‘zlagan edi. Lekin Android smartfonlari tezlik bilan ommalashgani sabab Bada, Symbian, Windows kabi operatsion tizmida ishlovchi gadjetlar urfdan qolgan.

O‘QING: Ortga nazar: iPhone 7 Plus — ikkita kameraga ega, lekin 3.5 mm audio jekdan mahrum qilingan ilk iPhone

Galaxy S — 4 dyuymli 480 x 800 piksellik ekranga ega bo‘lgan. Displey Gorilla Glass shishasi bilan himoyalangan. Gadjetda ekrandagi tasvirlar yorqin namoyon bo‘ladi. Chunki bu vaqtda ko‘plab telefonlarning ekrani va ekranni himoya qiluvchi shisha yoki plastik orasida bo‘shliq bo‘lar edi.

...

9.9 mm qalinlikda bo‘lgan gadjet dunyoning eng ingichka Android smartfoni bo‘lgan.
Qurilmaga keyinchalik Exynos 3 Single 3110 nomiga o‘zgargan Hummingbird S5PC110 chipi o‘rnatilgan. Bu birinchi Exynos chipi bo‘lib, yuqori unumdorlikdagi CPU ishlab chiqarishga iqtisoslashgan Intrinsity kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan.
Chipda 1.0GHz (ba’zi variantlarda 1,4GHz) ishlaydigan bir yadroli Cortex-A8 protsessori mavjud edi. Protsessor 512MB tezkor xotira va 8GB doimiy xotira (16GB xotira turi ham bor) bilan ishlagan. Shuningdek, Galaxy S 32GB'gacha bo‘lgan microSD kartalarni qo‘llab-quvvatlagan.
Shubhasiz, Galaxy S o‘z davrining eng yaxshi multimedia smartfonlaridan biri bo‘lgan. Devays Div HD serifikatiga ega bo‘lgan birinchi Android smartfon bo‘lgan. Albatta, AMOLED ekrani yuqori kontrastli va to‘yingan ranglar bilan ajoyib taassurotlarni bergan.

Telefonga, shuningdek, Wolfson WM8994 DAC bilan jihozlangan 3,5 mm lik audio jek o‘rnatilgan. Ovoz sifati testida qurilma yaxshi natijalarni qayd etgan.

Galaxy S Android 2.1 Eclair operatsion tizimida ishlagan va TouchWiz 3.0 qobig‘i bilan ta’minlangan.

Samsung TouchWiz loyihasini bir necha yil oldin Windows Mobile, Symbian va boshqa operatsion tizimlarida ishlaydigan telefonlarining sensorli interfeyslarini birlashtirish maqsadida boshlagan edi.

Smartfon 2.3 Gingerbread'gacha bo‘lgan dasturiy ta’minot yangilanishini qabul qilgan. Operativ xotirada yetarli joy mavjud bo‘lmaganligi sabab, Galaxy S Android 4.0 va boshqa yangi proshivkalarni qabul qila olmagan.

Smartfon 5MP kamera bilan jihozlangan. LED chirog‘i bo‘lmagan. Gadjetda olingan suratlarni juda ham sifatli deb bo‘lmaydi. Suratlar biroz xira va qorong‘i ko‘rinadi. Yaxshi tomonlari haqida gapirsak, devays 720 piksel 30 kadr/sekundda videoga olish imkoniyatiga ega edi. Taqqoslash uchun, Samsung I8910 Omnia faqatgina HD 24 kadr/sekundda videoga olardi.

...

Galaxy S smartfonini bir necha talqindagi versiyalari bo‘lgan. Ulardan biri I9003 Galaxy SL smartfoni edi. Bu smartfonni ishlab chiqarishga sabab Galaxy S biroz arzonroq turini sotish edi. Smartfonni texnik jihatlari ham o‘z narxiga yarasha edi. Misol uchun, Super AMOLED o‘rniga SC-LCD displeyi, quyiroq toifadagi TI OMAP 3630 chipi o‘rnatilgan. Shuningdek, qurilmaning tezkor va doimiy xotirasi ham qisqargan.
Galaxy S'ning takomillashgan versiyasi deb I9001 Galaxy S Plus'ni aytish mumkin. Gadjetga Super AMOLED displeyi va takomillashgan 1,4GHz Scorpion yadroga ega bo‘lgan Snapdragon chipi hamda Adreno 205 grafik protsessori o‘rnatilgan. Qurilma testdan o‘tganda uning CPU'si yaxshi natija qayd egan bo‘lsa, GPU unchalik yaxshi natija qayd eta olmagan.

...

O‘QING: Haqiqiy Samsung fanati bo‘lish sizga qanchaga tushadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.