Orziqib kutilayotgan Nokia 9’ni «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1608
  •  14.02.2018 10:44

Orziqib kutilayotgan Nokia 9’ni «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

HMD Global kompaniyasi o‘zining Nokia 9 flagmanini MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida rasman taqdim etishni rejalashtirgan. Biroq ungacha ham ushbu qurilma haqida ko‘plab ma’lumotlar tarqalib ulgurgan.

O‘QING: Video: hali taqdim etilmagan Nokia flagmanining yangi tafsilotlari

SlashLeaks resursi mazkur smartfonning «jonli» fotosuratlarini tarqatdi. Ushbu tasvirlar Nokia 9 haqidagi avvalgi insayderlik ma’lumotlarini tasdiqlaydi.

Rasmlarda ko‘rinib turganidek, smartfonning displeyi chekkalari qayrilgan. Orqa korpusdagi qo‘shaloq kameraning modullari tikka joylashgan va ulardan o‘ng tomonda yorug‘lik-diodli fotochaqnoq o‘rin olgan.

Nokia 9’da barmoq izi skaneri aynan qayerda joylashganini, afsuski, bu fotosuratlar orqali aniqlab bo‘lmaydi.

O‘QING: Nokia 9’ning barcha tafsilotlari bitta videoda: Galaxy Note 8 kabi, faqat qiziqroq