Osmondan yer ostiga: galaktikani o‘rganish texnologiyasi metrolarda qo‘llaniladi

  •   Saroy
  •  421
  •  29.09.2018 13:04

Osmondan yer ostiga: galaktikani o‘rganish texnologiyasi metrolarda qo‘llaniladi

Yevropa Koinot agentligi tomonidan galaktikani o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan tizimni Los-Anjeles metrosida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi.

Yangi tizimdan yo‘lovchilarni skanerlash uchun foydalanishmoqda. Tizimning ishlash tamoyili shundan iboratki, apparat inson tanasidagi o‘zining nurlarini teragersli diapazonda tutib oladi.  

Agar inson tanasida kiyim ostida biror bir buyum yashirilgan bo‘lsa, u ushbu nurlanishni bloklaydi, tasvir ekranga chiqarilganda ushbu joy dog‘ bo‘lib ko‘rinadi.

O‘QING:Android uchun ABBYY’da matn skanerlash bepul bo‘ldi

Teragersli kamera yordamida  (qurilma shunday ataladi) 10 metr masofada o‘tib borayotgan odamlarni skanerlash mumkin. Shu bilan birga, yo‘lovchilarga tekshiruv uchun to‘xtash yoki maxsus eshikdan o‘tish talab qilinmaydi. Shu bois texnologiya metrolarda tiqilinchlarni chetlab o‘tish imkonini beradi. Bu bilan metro yo‘lovchilari  ruhiy noqulayliklardan ham xalos bo‘ladi.

Teragersli to‘lqinlarni deteksiyalash qurilmasini yaratish 2000 yillarda boshlangan edi. Undan galaktikani kuzatish va yangi olamning evolyusiyalashuv jarayonini tushinish uchun  foydalanish rejalashtirilgan edi.  Bundan tashqari, teragersli kamerani atmosferani monitoring qilish uchun moslashtirishga ham harakat qilindi, ya’ni qurilma ozon qalinligining o‘zgarishini  ham kuzatib borishi kerak edi. Keyinchalik, tizimni ishlab chiqqan jamoaning bir nechta a’zosi Thruvision kompaniyasiga o‘tib ketdi. Aynan ushbu firma Yevropa Koinot agentligining barcha ishlanmalarini o‘z qo‘liga olib, tizimni tijorat maqsadida ishlatish darajasigacha yetkazishdi.

O‘QING:Epson portativ skanerlari USB orqali quvvatlanadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.