OUKITEL K8: smartfon haqida yangi ma’lumotlar oshkor etildi

  •   Saroy
  •  1203
  •  03.07.2018 12:49

OUKITEL K8: smartfon haqida yangi ma’lumotlar oshkor etildi

Displeyi qirqmali iPhone X’ning chiqishi bilan mobil bozorida yangi urf paydo bo‘lgandi. Amma, shunday ishlab chiqaruvchilar borki, yangi urfga unchalik ham mukkasidan ketavermaydi va gajagi yo‘q zamonaviy ekranli apparatlarni chiqarishni davom ettiraveradi.

Bunday qurilma yangi OUKITEL K8 Smartfoni bo‘ldi va u chiroyli hamda zamonaviy dizaynga ega. Batareyasi ham katta, sig‘imi  5000 mAch. Boshqa ma’lumotlar ham bor. Bari bir boshdan:

O‘QING: Yana 30 dollarga arzonlashgan smartfon

OUKITEL K8 keng formatli  Full HD+ JK-ekran bilan ta’minlanadi, himoya shishasiga ega, u old panelning 82,4 foizini egallagan. Tepada turli xildagi eslatmalar uchun uch xil rangli indikator joylashgan. Standartli 3,5-mm audiochiqish ham joyida turibdi.

Qurilmaning orqa qopqog‘i  mustahkam va shu bilan birga, qo‘l uchun juda qulay bo‘lgan plastikdan yasalgan. Maxsus bo‘yoq yordamida unga metall rangi berilgan va u tovlanib turadi. Orqa panelning tepasi va o‘rtasida 13 Mp’ga ega  Sony moduli bo‘lgan asosiy qo‘sh kamera joylashtirilgan. Pastda barmoq izlari skaneri bor, yonboshida ikkitalik chaqnoq. Old kamera yuz orqali blokdan yechish funksiyasiga ega bo‘ladi.

Yangi modelning sotuvga chiqish sanasi etib iyul oyining so‘nggi kunlari belgilangan. Shungacha yana yangi ma’lumotlar ham paydo bo‘lib qolishi mumkin.

O‘QING: Romsiz Oukitel K10 eng sig‘imdor – naq 11000 mA/soatlik akkumulyatorga ega! (+video)