Oukitel o‘zining "Xiaomi Mix 2"sini 2 barobar arzonga baholadi
Bir muddat avval taqdim qilingan romsiz Oukitel Mix 2 smartfoni tashqi ko‘rinishidan Xiaomi Mix 2 flagmanini eslatishi barobarida, undan ancha arzon. Misoli egizklardek. bir-biriga o‘xshash gadjetlarning apparat ta’minoti ham deyarli bir xil.
Oukitel Mix 2 ekrani Xiaomi Mix 2'niki bilan bir xil: 5,99 dyuymli Full HD+ displey, metall ramka va shishali orqa panelga ega bo‘lgan. Shu bilan birga, devaysga biri 21, boshqasi 2 Mp bo‘lgan 2 ta sensordan iborat bosh kamera mavjud. Selfi kamera uchun 13 megapikselli old kamera tanlangan. Kamera ham Xiaomi'ning flagmani kabi, 4 K video tasvirga oladi.
Oukitel Mix 2'da ham tezkor xotira 6, doimiy xotira 64 gigabaytli. Shuningdek, akkumulyator sig‘imi ancha yuqori -- 4080 mA soat. Xiaomi esa flagmaniga 3300 mA soat tok sig‘imiga ega batareya o‘rnatgan. Ularning har ikkalasida tezkor quvvat olish texnologiyasi mavjud.
Texnologik jihatdan bu ikkala smartfonlar o‘rtasidagi yagona farq -- protsessorida. Xiaomi nom qozongan Snapdragon 835'ni o‘rnatgan bo‘lsa, Oukitel Mix 2'da 8 yadroli Helio P25 o‘rnatilgan.
Quyidagi jadvalda smartfonlarni taqqoslang:
|
Xiaomi MIX 2 |
OUKITEL MIX 2 |
Ekran |
5.99" 18:9 FHD+ |
5.99" 18:9 FHD+ |
Sig‘imi |
2160*1080 |
2160*1080 |
Orqa paneli |
Keramika |
Shisha |
Kamera |
12MP+5MP |
16MP&2MP+ 13MP |
Fotochaqnoq |
Bir tusli |
Ikki tusli |
Tezkor va doimiy xotira |
6GB RAM+64GB ROM |
6GB RAM+64GB ROM |
Batareya |
3300 mA soat |
4080 mA soat |
Zaryadka |
9V/2A tezkor quvvatlash |
9V/2A tezkor quvvatlash |
WiFi |
WIFI 5.0G/2.4G |
WIFI 5.0G/2.4G |
Video suratga olish |
4K |
4K |
Protsessor |
8 yadroli Snapdragon 835 |
8 yadroli Helio P25 |
SIM |
2 ta sim-karta |
2 ta sim-karta |
Narxi |
$589.99 |
$299.99 |
Narx-navo
Xiaomi Mix 2 ayni paytda $589,99 AQSh dollaridan sotilmoqda. Oukitel Mix 2 esa bozorga oktyabrda $299,99 dollardan chiqariladi.