Owy – sizga qarzdorlarni eslatuvchi ilova!

  •   DiMaX
  •  2544
  •  22.03.2017 11:50

Owy – sizga qarzdorlarni eslatuvchi ilova!

Tinib-tinchimagan dasturchilar antiqa ilovani ishlab chiqishdi – u kimga qarz berganingizni eslatib turadi. Nima ham derdik, bu tezkor zamonda shu ham bir zarurat…

Uning ishlashi ham oddiygina: kimgadir qarzga pul bersangiz, yo biror buyumingizni berib tursangiz, o‘sha zahotiyoq Owy ilovasida bu haqda kartochka ochasiz. Uning sarlavhasini kiritasiz, qarzdorning kontakt ma’lumotlarini va qachon berganingizni yozib qo‘yasiz.

Bir hafta o‘tib, Owy sizga eslatma yuboradi – unda o‘sha buyum yoki pulingizni o‘z vaqtida olishni unutmasligingiz tavsiya etiladi. Shu eslatmani u qarzdor tomonga ham – smartfoniga o‘rnatilgan istalgan messenjer yoki pochta dasturiga jo‘natadi. Qarabsizki, «Esimdan chiqib qolibdi, o‘rtoq…» yoki «Yo‘g‘e, qachon olgandim o‘zi?» kabi bahonalarga asos qolmaydi.

Yaxshi tomoni shundaki, Owy – bepul ilova bo‘lib, unga istalgan miqdordagi eslatma kartochkalarini kiritsa bo‘ladi. Asosiysi – birovga biror nimani qarzga berayotib, ilovada shuni qayd etib qo‘yishni unutmasangiz bas.

Ilova iOS hamda Android tizimli qurilmalar uchun ishlab chiqilgan, ammo hozircha unda rus tili yo‘q.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!