Oyga sayohat: SpaceX dunyodagi ilk sayyoh bilan shartnoma imzoladi

  •   Saroy
  •  813
  •  14.09.2018 16:07

Oyga sayohat: SpaceX dunyodagi ilk sayyoh bilan shartnoma imzoladi

Amerikaning SpaceX komaniyasi dunyodagi birinchi koinot sayyohi bilan shartnoma imzolagani haqda ma’lum qildi. U uzoq foydalanish uchun yasalgan raketada Oyni aylanib chiqadi.

Avvalroq, SpaceX koinot turisti bilan Oyga ilk parvozini 2019 yilda amalga oshirshi haqida xabar bergandi. Umuman, hozirgacha Oyda atigi 24 kishi bo‘lib qaytgan.  1972 yildan buyon, ya’ni amerikalik astranovtlarning missiyasidan keyin, Yerning ushbu tabiiy yo‘ldoshiga hech kim qo‘ngani yo‘q.

«SpaceX Oyni bizning Big Falcon (BFR) deb nomlangan raketamizda aylanib chiqadigan dunyodagi birinchi sayyoh bilan shartnoma imzoladi. Bu koinotga parvoz qilishni orzu qilgan oddiy odamlar uchun katta yo‘l ochib beradi», — deb yozadi kompaniya o‘zining Twitter’dagi mikroblogida.

Kompaniya shartnoma tuzgan ilk sayohatchining ismini va nima uchun parvoz qilishga qaror qilganining sabablarini ham aytdi.

O‘QING: Boyning ko‘ngli Oyda: SpaceX’ning ilk sayyohi – yaponiyalik milliarder! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!