O‘z narxidan 6 baravar qimmat Galaxy S22 Ultra smartfonlari taqdim etildi

O‘z narxidan 6 baravar qimmat Galaxy S22 Ultra smartfonlari taqdim etildi

Hashamatli materiallardan foydalangan holda professional dizaynerlar tomonidan qo‘lda ishlangan bezaklar berilgan smartfon va aksessuarlar sotuvchi xalqaro Caviar brendining navbatdagi o‘ljasi Galaxy S22 smartfonlari bo‘ldi. 

Ayrim odamlar kimdur $1000 ga smartfon xarid qilishiga ishonmaydigan bir davrda, Caviar tomonidan taqdim qilinadigan eng arzon Galaxy S22 Ultra narxi $6520 bo‘lib, bu smartfon titan va qora avtomobil karbon materillari bilan uyg‘unlashtirilgan va unga Galaxy S22 Ultra Titanium nomi berilgan.

Yana bir Galaxy S22 Ultra Ocelot smartfoni esa 24K oltin bilan qoplangan va uning narxi $7140. Shu va boshqa Great Gatsby, Drive, Bird of Prey, Victory modellarini o‘z ichiga olgan kolleksiya barcha Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlarni turli xil  xotira hajmlarida faqat 99 nusxada mavjud. 

Caviar smartfonlarning faqat tashqi ko‘rinishiga o‘zgartish kiritadi xolos. 

O‘QING: Samsung Galaxy S22+ 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.