Oz qoldi: avtomobillarni smartfon bilan ham boshqarsa bo‘ladi

  •   Saroy
  •  448
  •  09.10.2018 16:24

Oz qoldi: avtomobillarni smartfon bilan ham boshqarsa bo‘ladi

Kelajakda avtomobillar boshqaruvning ancha ilg‘or intellektual tizimiga o‘tadi, natijada rul chambaragidan to‘liq voch kechiladi. Shunga qaramay, agar “temir otingizni” avvalgidek qo‘l bilan boshqargingiz kelsa Ford kompaniyasi bu masalani juda olddiy usulda hal qilib bermoqchi. Ya’ni mashinani smartfon yordamida boshqaradigan qiladi, xuddi mobil o‘yinlardagidek. Ayni paytda kompaniya boshqarishning ikkita rejimini patentlashtirdi.

O‘QING:Ford, BMW va Peugeot-Citroen avtomobillari bir birini yo‘l transport hodisalari va piyodalar haqida xabardor qiladi

Birinchi rejim bo‘yicha mashinani boshqarish uchun smartfonni u yoki bu tomonga bursangiz yetadi, masalan,  Real Racing 3 dagidek. Qurilmangizdagi akselerometr va giroskop old g‘ildirakni kerakli tomonga yo‘naltiradi. Darvoqe, ushbu rejim osongina avtohalokat keltirib chiqarishi mumkin. Ikkinchi rejimda gadjet ekraniga joylashgan rul chambaragini barmoqlar bilan aylantirish mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga ikki holatda ham avtomobilning intellektual tizimlari mashinani tezlashtirish va to‘xtatish uchun javob beradi. Bu esa ayrim holatlarda foydali bo‘lishi mumkin. Masalan, agar siz harakat polosasini o‘zgartirmoqchi bo‘lganingizda yoki  qandaydir joydan o‘tayotganingizda.

O‘QING:Ford Teslaning ustidan kuldi: kompaniya rahbari 7000 ta mashinani 4 soatda yig‘ishini ma’lum qildi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!