O‘zbekiston aloqa uchun Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshidan foydalanadi

O‘zbekiston aloqa uchun Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshidan foydalanadi

Qozog‘iston «KazSat-2» kosmik aloqa tizimini ishga tushirishni va O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: O‘zbekistondagi internet borasida sayyohlar fikri

2023 yilning noyabr oyida tugashi rejalashtirilayotgan «KazSat-2» kosmik qurilmasi uchun yangi telekommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshi yaratilmoqda. Loyiha ustida esa 2016 yildan buyon ish olib borilmoqda. Xabarda  yozilishicha, hozirda mutaxassislar kosmik aloqa tizimini yaratish va ishga tushirish uchun texnik-iqtisodiy asoslarini, shuningdek, texnik topshiriqlarni ishlab chiqishmoqda. «KazSat-2» kosmik aloqa tizimi O‘zbekistondan tashqari Tojikiston va Qirg‘izistonga ham telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.  

O‘QING: Nokia 9 Pureview besh modulli kamerasi sababli «Olimpik» deb ataladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!