O‘zbekiston bilan Huawei o‘rtasida memorandum imzolandi

  •   DiMaX
  •  713
  •  14.05.2018 18:58

O‘zbekiston bilan Huawei o‘rtasida memorandum imzolandi

Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda «Huawei Tech Investment Tashkent» MChJ xorijiy korxonasi o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashdi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘QING: Vazirlik barchani hamkorlikka chorlaydi

Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan Huawei shtab-kvartirasiga O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi chog‘ida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda «Huawei Tech Investment Tashkent» MChJ XK o‘rtasida har tomonlama hamkorlik qilishni ko‘zda tutadi. Ushbu hamkorlik mamlakatimiz telekommunikatsiyalar sohasiga hamda boshqa muhim sohalarga innovatsion yechimlar va texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan.

Huawei kompaniyasi o‘zining mutaxassislari yordamida Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy-tadqiqot potensialini oshirishga yordamlashadi. Birgalikda texnoparklar va innovatsion markazlar  konsepsiyasi ishlab chiqiladi, «aqlli shahar»lar barpo etish jarayoniga ilg‘or texnologiyalar tatbiq etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, jumladan, Huawei kompaniyasi hamkorligida mamlakatning har bir hududida yuksak texnologik markazlar hamda laboratoriyalar ochishni rejalashtirmoqda.

O‘QING: Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etiladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!