O‘zbekiston Global innovatsion indeksi bo‘yicha ilg‘or 50 davlat qatoriga kirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Global innovatsion indeksi bo‘yicha ilg‘or 50 davlat qatoriga kirishni rejalashtirmoqda

7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda «Buyuk Kelajak» Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Unga ko‘ra qonun va me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va takomillashtirish, jumladan, 2019–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Buyuk Kelajak» ekspertlarining xalqaro tajribasidan foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lib, yurtimizni Global innovatsion indeksi bo‘yicha ilg‘or 50 davlatlar qatoriga kirishini ta’minlash bosh maqsad qilib belgilangan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Memorandumda yetakchi oliy ta’lim muassasalarida  Forsayt markazlarini tuzish orqali innovatsion faoliyat rivojlanishini prognozlashtirish, shuningdek innovatsiyalar, texnologiyalar transferi, intellektual mulk ob’yektlarini boshqarish bo‘yicha ilmiy seminarlar, mahorat darslari, xakatonlar, biznes-treninglar tashkil etish nazarda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, «Buyuk Kelajak» ekspertlar kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng miqyosli islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan holda xalqimiz farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish yo‘lida amaliy bilimlar va loyihalarni ishlab chiqishda O‘zbekistonning intellektual imkoniyatlaridan samarali foydalanish niyatida tuzilgan.

O‘QING: Innovatsion rivojlanish vazirligida yangi tayinlovlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!