O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahonda nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahonda nechanchi o‘rinda?

Oktyabr oyida O‘zbekistonda internet tezligi oshdi. Bu bilan mobil internet tezligi bo‘yicha jahonda 110 (shu yilning iyulida 124o‘rin), optik tolali internet tezligi bo‘yicha 112 (shu yilning iyulida 130o‘rin) o‘rinni band etgan. Bu haqda Speedtest Global Index ma’lum qildi.

Xususan, O‘zbekistonda mobil internet tezligi 9,73 Mbit/soniyani,  optik tolali internet tezligi 9,28 Mbit/soniyani tashkil etmoqda.

Ushbu reytingning mobil internet tezligi bo‘yicha “top beshta”ligini Norvegiya, Islandiya, Singapur, Kanada, Avstraliya boshqarayotgan bo‘lsa, optik tolali internet tezligi bo‘yicha esa Singapur, Islandiya, Gangkong, Ruminiya va Janubiy Koreya yetakchilik qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Speedtest.net servisi Ookla kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan dunyo bo‘yicha oylik internet tezligi reytingini tuzib boradigan onlayn xizmatdir. Speedtest.net’da siz nafaqat reytinglarni, balki o‘zingiz foydalanayotgan internetning ham tezligini bilib olish imkoniyatiga egasiz.

O‘QING: DIQQAT: Internet tezligi 15 kundan so‘ng oshirilishini «O‘zbektelekom» rasman izohladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!