O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblashning yangicha prinsipiga o‘tiladi

  •   DiMaX
  •  6586
  •  03.10.2020 08:59

O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblashning yangicha prinsipiga o‘tiladi

2021 yil 1 martgacha elektr va gazni hisoblashning avtomatlashgan tizimi to‘liq ishga tushishi belgilanganidan xabaringiz bor. Endi esa «Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (594-son, 28.09.2020 y.) qabul qilindi.

O‘QING: «Aqlli» schyotchiklar «ko‘p yozadi»mi, «chiroq o‘chsayam yozaveradi»mi? Mutaxassis bilan suhbat (+video)

Qarorga muvofiq, «Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish» loyihasi doirasida:

- elektron hisoblash nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi «ishlab chiqarish – podstansiya – taqsimlash punkti – transformator podstansiyasi – iste’molchi» prinsipida joriy qilinadi;

- hisoblagichlar birinchi navbatda yirik iste’molchilar va tadbirkorlik sub’yektlarida o‘rnatiladi;

- aholi yashash punktlarida barcha elektr energiyasi iste’molchilariga, taqsimlash punktlari va transformatorlarga hisoblagich va konsentratorlar bir vaqtning o‘zida o‘rnatiladi;

- hisoblagichlarni o‘rnatish va joriy etilgan tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha joylardagi barcha xodimlarning ko‘nikma va malakasi oshiriladi.

Loyiha doirasida 2020 yilning oktyabr oyida respublika bo‘yicha jami 850 ming 204 ta 1 fazali va 88 ming 312 ta 3 fazali elektr energiyasi hisoblagichlari yetkazib beriladi.

Qaror bilan viloyat va tumanlarda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishini nazorat qilish, natijadorligini o‘rganish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etildi.

O‘QING: Uylarimizdagi yangicha – «aqlli» elektr schyotchiklari: o‘g‘rimi yoki to‘g‘ri?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!