O‘zbekistonda global tashabbus: Huawei smartfonlarni bepul ta’mirlab beryapti!

  •   DiMaX
  •  1098
  •  30.08.2019 08:50

O‘zbekistonda global tashabbus: Huawei smartfonlarni bepul ta’mirlab beryapti!

Ma’lumki, Huawei kompaniyasi allaqachon o‘z mijozlari va foydalanuvchilariga peshvoz chiqishga tayyor ishonchli hamkor sifatida o‘zini ko‘rsatib ulgurgan. IST-gigantning o‘z xaridorlariga yanada yaqin bo‘lish istagini ta’kidlash uchun, yetakchi smartfonsoz Toshkentda global tashabbusni yo‘lga qo‘ydi. Uning doirasida Huawei smartfonlari sohiblari avtorizatsiyalangan servis markaziga borishlari va o‘z telefonlarini bepul ta’mirlatishlari mumkin. Shuningdek, 29 avgust kuni mobil tavsiflar tanlovining g‘oliblarini tantanali mukofotlash marosimi ham uyushtirildi.

O‘QING: 130 dan ortiq AQSh kompaniyasi Huawei bilan savdo qilish niyatida

Kompaniya muntazam tarzda o‘tkazayotgan tadqiqotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi Huawei mijozlari mazkur ishlab chiqaruvchi qurilmalarining sifati va qulayligini yuksak baholashadi. Butun dunyoda keng qo‘llaniladigan «foydalanuvchilarning qoniqqanlik darajasi» ko‘rsatkichi O‘zbekistonda 90% ni tashkil etadi. Bunga nafaqat Huawei smartfonlarining innovatsiyalari va sifati, balki servis xizmati ko‘rsatish tarmog‘ining rivojlantirilishi orqali erishildi.

Huawei kompaniyasining Qozog‘iston va O‘rta Osiyo mamlakatlari bo‘yicha servis bo‘limi rahbari Vladimir Sukovatitsin: «Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi servis strategiyasi foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jahon tajribasi asosiga qurilgan. Bizning maqsadimiz – mijoz kutganidan ortiqroq bo‘lish va uning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish. Servis kunlari – bu kompaniyaning global tashabbusi bo‘lib, uning doirasida Huawei smartfonlari egalari o‘z qurilmalarini bepul ta’mirlatish imkoniyatiga egadirlar. Buning uchun kafolat talab etilmaydi, ehtiyot qismlarni esa servis markazi pasaytirilgan narxlar bo‘yicha o‘rnatib berishadi».

Vladimir Sukovatitsin so‘zlariga ko‘ra, Servis kunlari o‘tkazilishi davrida servis markazlariga murojaatlar miqdori 30 foizga o‘sishi mumkin. Eng ko‘p uchraydigan so‘rovlar esa displeyni va ona palatani almashtirish bo‘ladi – murojaatlarning 90 foizdan oshig‘i shularning hissasiga to‘g‘ri keladi.

Huawei servis kunlari allaqachon Rossiya, Belarus va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan. O‘zbekistonda ushbu tashabbus ilk bora 28–30 avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonda jami 14 ta shaharda 18 ta avtorizatsiyalangan servis markazi mavjud. Mazkur aksiya doirasida Huawei servis markaziga murojaat etgan har bir mijoz sovg‘a oladi va Huawei fanatlari safiga qabul qilinganlik bo‘yicha ramziy marosimdan o‘tadi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, bu kuni Huawei kompaniyasi OAV orasida o‘tkazilgan O‘zbekistondagi birinchi mobil tavsiflar tanlovining yakunlarini ham e’lon qildi. Servis markaziga tashrif buyurganlaridan so‘ng, jurnalistlar taqdirlash marosimida ishtirok etishdi. Unda bosh sovrin Huawei P smart Z smartfoni bo‘ldi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun rag‘batlantiruvchi sovg‘a sifatida kompaniya Huawei Band 3e taqdim etdi. Quyidagi OAVlar g‘olib bo‘lishdi: JM blog (1-o‘rin), Pakapak (2-o‘rin), Terabayt.uz (3-o‘rin).

Huawei kompaniyasining Qozog‘iston va O‘rta Osiyo mamlakatlari iste’molchilar bilan ishlash guruhi PR-menejeri Olesya Kolesnichenko: «O‘zbekiston – bu Markaziy Osiyoning eng jadal rivojlanib kelayotgan mamlakatlaridan biri bo‘lib, hamisha IT sohasida taraqqiyotga va innovatsiyalarga intiladi. Yoshlar yangi texnologiyalar bilan faol qiziqa boshlashgan va biz o‘z kompaniyamizning yangi mahsulotlari haqidagi ma’lumotlarga talab yuqori ekanini ko‘rmoqdamiz. Foydalanuvchilar Huawei smartfonlari va boshqa qurilmalarining imkoniyatlari, afzalliklari hamda ajralib turuvchi o‘ziga xosliklarini xarid qilishdan avval bilishni xohlashadi.

Huawei uyali telefonlarining tavsiflari tanlovi ko‘rsatishicha, AKT mavzusi jurnalistlar uchun ham qiziqarli – ular o‘z kasbiy malakalarini charxlash hamda betakror va o‘z o‘quvchilari uchun foydali bo‘ladigan kontent yaratishni istashadi. Videobloging esa – alohida, istiqbolli yo‘nalish va shak-shubhasiz, u internet-auditoriyaning ham e’tiborini tortadi».

Aytib o‘tish kerakki, Huawei kompaniyasining mahsulotlari va xizmatlari dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlarida taqdim etiladi va sayyoramiz aholisining uchdan bir qismi ulardan foydalanadi. O‘zbekistonda bu kompaniya 1999 yildan buyon faoliyat olib bormoqda va bugungi kunga kelib uchta biznes-guruh tomonidan taqdim etilmoqda: Huawei Carrier guruhi Qozog‘iston uyali aloqa operatorlari bilan hamkorlik qiladi; Huawei Consumer smartfonlar, planshetlar, noutbuklar, taqiluvchi qurilmalar va aksessuarlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi; Huawei Enterprise esa korporativ mijozlarga IT-jihozlar va ish jarayonlarini optimizatsiyalash uchun yechimlar taqdim etadi.

O‘QING: Huawei 6G tadqiqotlarini boshlab yubordi