O‘zbekistonda ham Instagram’ning yengil talqini ishga tushdi!

  •   DiMaX
  •  934
  •  12.03.2021 10:47

O‘zbekistonda ham Instagram’ning yengil talqini ishga tushdi!

Har qanday smartfonda ham bemalol ishlay oladigan Instagram Lite ilovasi ancha oldin chiqqan edi. Facebook kompaniyasi ushbu dasturini jami 170 mamlakatda, shu jumladan O‘zbekistonda ham ishga tushirdi, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: Habib Nurmagomedov Instagram’da o‘ta keskin chiqish qildi

Mazkur ilova Instagram ijtimoiy tarmog‘i mobil kliyentining yengil versiyasi bo‘lib, u interneti past tezlikda ishlaydigan mamlakatlarga hamda texnik xususiyatlari kuchsiz bo‘lgan smartfonlarga mo‘ljallangan.

Instagram Lite ilovasining hajmi qurilmaga qarab taxminan 30 megabayt keladi. Unda foydalanuvchilar shaxsiy xabarlar orqali suhbat qurishlari, turli videolarni yozishlari va tarmoqqa joylashtirishlari mumkin.

Ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu dastur hozirda 170 mamlakatda faqat Android tizimli qurilmalar uchun mavjud. Instagram Lite ilovasini mana bu havola orqali Google Play’dan yuklab olish mumkin.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!