O‘zbekistonda innovatsion g‘oyalar uchun ko‘krak nishoni ta’sis etildi

  •   DiMaX
  •  981
  •  04.10.2018 09:02

O‘zbekistonda innovatsion g‘oyalar uchun ko‘krak nishoni ta’sis etildi

«Innovatsion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan «Innovatsion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozadi «Huquqiy axborot» kanali.

O‘QING: Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etiladi

Nizomga ko‘ra, ushbu ko‘krak nishoni bilan innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan yosh olimlar, talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar, shuningdek, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanadi.

Mazkur ko‘krak nishoni bilan mukofotlash Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshiriladi.

«Innovatsion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim qilish va taqdirlash tartibi quyidagicha:

Bu – yosh olimlarimizni, talabalar va fuqarolarimizni innovatsion g‘oya va texnologiyalar borasidagi tashabbuslari uchun rag‘batlantirish, yurtimizni yanada taraqqiy ettirish sari qo‘yilgan yana bir qadamdir.

O‘QING: O‘zbekistonda internetni yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.