O'zbekistonda mobil internet narxi arzonlashdi(mi?)

O'zbekistonda mobil internet narxi arzonlashdi(mi?)

Cable.co.uk nashri 2022-yil holatiga ko'ra, 233 mamlakatda 1 GB mobil internet narxi qancha ekanligini ma'lum qildi. Narxlar bo'yicha tuzilgan reytingga ko'ra, O'zbekiston 15-o'rinini egallagan bo'lib, AKT vaziri Sherzod Shermatovning aytishicha, mamlakatimiz oldingi reytingda 19-o'rinda bo'lgan.

Ma'lum bo'lichishicha, yurtimizda 1 GB mobil internetning narxi quyidagicha:

  • o'rtacha - 0.37 dollar yoxud 4.000 so'm
  • eng arzon - 0.13 dollar yoxud 1.400 so'm
  • eng qimmati - 2.73 dollar yoxud 29.700 so'm

Shuningdek, nashrning ma'lum qilishicha, 1 GB internetning "suv tekin" joyi Isroilda bo'lib, u yerda narx o'rtacha 0.04 dollar, yoxud 430 so'mni tashkil qiladi va bu dunyodagi eng arzonidir.

Dunyodagi eng qimmat internet sotadigan davlat esa Sankt-Yelena bo'lib, u yerda 1 GB internet uchun 41.06 dollar, yoxud 446.500 so'm atrofida pul to'lashingiz kerak.

O'QING: O‘zbekistonda ASUS noutbuklarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!