O‘zbekistondagi internet borasida sayyohlar fikri

O‘zbekistondagi internet borasida sayyohlar fikri

O‘zbekiston shaharlari sayyohlar tomonidan internet borasida past baholandi. «Ya Oteler» jamoasi «Booking.com» ma’lumotlari asosida tahlil o‘tkazib, fikrlarni hisoblab chiqqan.

Ular Respublikadagi sayyohlar orasida eng ommabop bo‘lgan to‘rtta yo‘nalish — Toshkent, Buxoro, Xiva va Samarqandni hamda mehmonlar uchun eng muhim bo‘lgan mezonlarni tanladi. Ular orasidan xodimlar, joylashuv, tozalik, internet, qulaylik, narx va sifat mutanosibligi kabilar o‘rin oldi. Umuman olganda, shaharlarning har biri yuqori ballar olgan bo‘lsada, internet mezoni bo‘yicha past ballar qayd etildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi xabar qilgan.

Bundan tashqari, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘z hududida Wi-Fi o‘rnatsa, shu hududni tashkil etish uchun sarflagan xarajati soliqqa tortiladigan daromaddan chegirib qolinishi eslatib o‘tilgan.

O‘QING: Interneti «erkin bo‘lmagan» mamlakatlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!