O‘zbekistondagi yangi brenddan ikkita yangi smartfon!

  •   DiMaX
  •  3983
  •  20.02.2018 10:54

O‘zbekistondagi yangi brenddan ikkita yangi smartfon!

MDC brendi yurtimizda smartfon savdosini boshlaganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Lekin u ikkita hamyonbop telefoni bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozonib ulgurdi.

O‘QING: MDC Grand – barmoq izi skaneri va HD-displeyga ega eng hamyonbop smartfon!

Endi esa ushbu brend O‘zbekiston bozoriga yana ikkita smartfon – MDC Nova va MDC Optima modellarini taqdim etayotir. Quyida ularning xususiyatlarini qisqacha ko‘rib chiqamiz.

MDC Nova smartfoni ikkita SIM-kartali, to‘liq ekranli 3G-smartfon bo‘lib, Android 7.0 Nougat operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. 1.3 chastotali 4 yadroli protsessorga ega bo‘lgan bu qurilmaning 5.7 dyuymli ekrani 1440x720 pikselli (HD+ formatli) tasvir aniqligiga ega.

1/8 gigabayt hajmli tezkor/ichki xotirasi, MicroSD formatli xotira kartasi sloti bor. Asosiy kamerasi 8, old kamerasi esa 5 megapikselli modullar bilan jihozlangan, akkumulyatorining sig‘imi 2500 mA/soatni tashkil etadi. Plastik korpusning orqa panelida barmoq izi skaneri joylashgan.

MDC Optima ham Android 7.0 Nougat tizimli, Dual-SIM smartfon bo‘lib, u to‘rtinchi avlod –  LTE tarmog‘ida ishlay oladi. Android 7.0 Nougat tizimli bu qurilmaning protsessori 1.3 gigagerslik 4 yadroni o‘zida birlashtirgan. IPS-ekranining diagonali 5.7 dyuymni, tasvir aniqligi esa 1440x720 pikselni tashkil etadi. Metall korpusining o‘lchami 151.9x73.3x9.5 millimetrga, vazni esa 172 grammga teng.

Xotirasining hajmi 2/16 gigabaytlik, yana MicroSD-karta ham qo‘yish mumkin. Asosiy va orqa kameralari tegishlicha 13 hamda 5 megapikselli. 3000 mA/soat sig‘imli batareyadan quvvat oluvchi bu telefon ham daktiloskopik datchik bilan ta’minlangan.

Ushbu ikki smartfonning narxlari va boshqa xususiyatlari haqida keyinroq batafsil to‘xtalamiz, bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: MDC Prime Lite – bir million so‘mlik, HD-ekranli va qo‘sh kamerali smartfon!