O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilayotgan 3,8 mlrd so‘mlik televizorlar ushlandi: 9 ming dollarlik «taklif» ham o‘tmadi

  •   DiMaX
  •  1516
  •  09.02.2019 17:30

O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilayotgan 3,8 mlrd so‘mlik televizorlar ushlandi: 9 ming dollarlik «taklif» ham o‘tmadi

Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda ana shunday noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhning kirdikorlari fosh qilindi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmatiga tayanib Daryo.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Rulon shaklida o‘raluvchi LG televizori 2019 yiliyoq sotuvga chiqadi! (+«jonli» video)

Qo‘shni davlatdan Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining «Yallama» chegara-bojxona posti orqali kirib kelgan, qo‘shni davlat fuqarosi boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasiga tegishli hujjatlar ko‘zdan kechirilganida, bojxona xodimlarni shubhalantirgan ayrim jihatlar namoyon bo‘ldi.

Hujjatlarga ko‘ra, O‘zbekistondan go‘yoki tranzit tarzida o‘tayotgan mazkur yuk avtotransport vositasiga ortilgan yuklarning invoys hujjatlari 2 xil ekan.

Ularning biri respublikga kirib kelishda bojxona organlariga taqdim qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unga ko‘ra avtotransport vositasiga qiymati 17 ming AQSh dollaridan oshiq bo‘lgan 2482 dona televizor va 200 dona issiqlik radiatorlari ortilgani qayd qilingan.

Ammo chegaradan chiqib ketish davomida bojxona organlariga taqdim qilinishi lozim bo‘lgan soxta invoysda esa issiqlik radiatorlari 100 taga kamaytirib ko‘rsatilgan, televizorlar o‘rniga esa kulolchilikda qo‘llaniladigan materiallar, ko‘rpa-to‘shaklar va turli g‘iloflar borligi aks ettirilgan.

Hujjatlardagi nomuvofiqliklarga oydinlik kiritish maqsadida mazkur yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda unga 4 turdagi 2680 dona chet elda ishlab chiqarilgan televizor ortilgani aniqlandi. Ularning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 3 milliard 816 million so‘mni tashkil qilmoqda.

O‘QING: Televizorni tekshirib xarid qiling

Jinoiy guruh tomonidan respublika hududidan go‘yoki tranzit tarzida o‘tkazilayotgan mazkur televizorlar aslida ichki hududda tushirib qoldirilishi va ularning o‘rniga chiqib ketishda boshqa tovarlar ortilishi rejalashtirilgan.

Jinoiy guruh a’zolari ushbu kontrabanda tovarlarini respublika hududida tushirib qoldirish rejasi fosh qilinishining oldini olish maqsadida bojxona xodimlarini pora evaziga og‘dirishga urindi va bojxona xodimlariga 9 ming AQSh dollarini pora sifatida taklif qildi. Ammo ularning bu nayrangi ham naf bermadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shuningdek, jinoiy guruhning qolgan a’zolarini ham fosh qilish va ularga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlash yuzasidan tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizda narxi 999 000 so‘mdan boshlanuvchi, tegishli kafolatga ega televizorlarni onlayn usulda xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, hozirda – aksiya payti bu juda yaxshi taklif...

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!