O‘zbekistonga qayerlardan va qancha mobil telefon import qilindi?

  •   DiMaX
  •  1158
  •  12.06.2021 16:51

O‘zbekistonga qayerlardan va qancha mobil telefon import qilindi?

2021 yilning yanvar-aprel oylari davomida O‘zbekiston xorijdan qiymati 45,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 628,9 ming dona mobil telefonlar import qilgan. Bu xususda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bermoqda.

O‘QING: Hamyonbop smartfonlar TOP-o‘ntaligida yap-yangi lider! (Antutu, 2021 yil may)

O‘zbekiston ushbu davrda o‘nta mamlakatdan mobil telefonlar import qilgan, shular orasidan yurtimiz mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 422,1 ming dona
  • Vetnam – 72,9 ming dona
  • Qozog‘iston – 63,5 ming dona
  • BAA – 42,6 ming dona
  • Hindiston – 27,7 ming dona
  • Rossiya – 600 dona
  • Yaponiya – 16 dona

Telefon importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 399 568 taga oshgan.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!