O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni yagona infografika shaklida

  •   DiMaX
  •  2807
  •  28.03.2019 14:18

O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni yagona infografika shaklida

Esingizda bo‘lsa, mamlakatimizning jahon reytinglaridagi o‘rnini yorituvchi portal yaratilishi haqida yozgan edik. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi shu yo‘nalishdagi ma’lumotlar infografika shaklida taqdim etilganini ma’lum qildi.

O‘QING: Shavkat Mirziyoyev Qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda yana bitta portal ishga tushadi

Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi imidjini yaratish, xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash, bu boradagi ishlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Qabul qilinayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish imkonini beradigan qator sohalarda islohotlarni baholashning kompleks tizimi mavjud emas.

Bu holat esa xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan tizimli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tegishli vazirlik va idoralarda ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shu bilan birga, hamkor mamlakatlarning tavsiyalari va ijobiy tajribasini – xalqaro reyting metodikasini o‘zlashtirish ishlariga to‘sqinlik qilmoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk innovatsion QR-kodli she’riy to‘plam nashr etildi

O‘zbekiston Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 25 fevraldagi qarori asosida ushbu sohani tartibga solish, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni sifatli va tizimli tashkil etishning huquqiy asosi yaratildi.

Ushbu qaror ijrosi doirasida «Yuksalish» umummilliy harakati O‘zbekistonning asosiy xalqaro reytinglarda tutgan o‘rnini o‘rganib bormoqda.

«Yuksalish» umummilliy harakatining tahlillari doirasida yurtimizning dunyo reytinglaridagi holati umumlashtirilib, yagona infografika ko‘rinishida e’tiboringizga havola etilmoqda.

Quyidagi infografikada O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash uchun e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar keltirilgan.

Guvohi bo‘layotganingizdek, unda O‘zbekistonning 17 ta muhim xalqaro indekslardagi bugungi holati aks ettirilgan.

O‘QING: Speedtest: O‘zbekiston internet tezligi reytingda yuqoriladi