«O‘zbektelekom» internet tezligini ikki barobargacha oshiryapti!

  •   DiMaX
  •  2128
  •  23.07.2019 17:43

«O‘zbektelekom» internet tezligini ikki barobargacha oshiryapti!

Uzonline brendi ostida internet xizmatlarini taqdim etib kelayotgan «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi 24 iyuldan UNLIM seriyasining ayrim tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Bu haqda kompaniya o‘zining rasmiy sayti orqali xabar bergan.

O‘QING: «O‘zbektelekom» yuqori tezlikdagi internetini 22 foizga arzonlashtirdi

UNLIM 10 va UNLIM 20 tarif rejalari abonentlari uchun internet tezligi 10 Mbit/s.ga oshiriladi va bunda abonent to‘lovi avvalgi holatida o‘zgarishsiz qoldiriladi.

Endilikda 20 Mbit/s tezlikdagi cheksiz internet qiymati 149 000 so‘mni, 30 Mbit/s tezlikdagi tarif rejasi esa 199 000 so‘mni  tashkil etadi.

2019 yilning 24 iyulidan UNLIM 10 va UNLIM 20 tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha yangi tezlikni sezishlari mumkin bo‘ladi. Sababi – abonent to‘lovi o‘zgartirilmagan holda Internet tarmog‘iga ulanish tezligi 10 Mbit/s.ga (ikki va bir yarim barobarga) oshiriladi. Tarif rejalariga o‘tish shaxsiy kabinet yoki savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘limlari orqali amalga oshirilishi mumkin, deyiladi xabarda.

O‘QING: «O‘zbektelekom» yangi tariflarni taqdim etdi. Narxlar oshdimi yoki tushdi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!