«O‘zbektelekom» yanada qulay va arzon tariflarini taklif etmoqda

  •   DiMaX
  •  3650
  •  16.06.2020 14:55

«O‘zbektelekom» yanada qulay va arzon tariflarini taklif etmoqda

UZTELECOM  o‘z abonentlariga yanada qulaylik yaratish, ularga sifatli va hamyonbop xizmatlar ko‘rsatish maqsadida 22 iyun kunidan 31 avgustgacha maxsus aksiya o‘tkazmoqda. Aksiya davomida kompaniya o‘z abonentlari uchun bir qator qulay xizmatlarini taqdim qilmoqda, deyiladi AKT vazirligi rasmiy xabarida.

O‘QING: Uzmobile ikkita tarif rejasida yanada ko‘proq megabaytlar beryapti

Jumladan, «UNLIM» tarif rejalariga bonus sifatida IP-telefoniya (videotelefoniya) xizmatlari ham qo‘shilgan. «O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyati abonentlari endi videoqo‘ng‘iroqlarni bemalol amalga oshirishlari mumkin.

«TURBO» va «TURBO NIGHT» internet tariflari bo‘yicha ham xizmat ko‘rsatish shartlari takomillashtirilib borilmoqda. 23 iyundan boshlab mazkur xizmat turlariga 200 Mbit/soniya tezlikdagi yangi internet tarifi ham qo‘shiladi.

Bundan tashqari, «RUN 3», «RUN 4», «RUN 5» tarif rejalari arxiv tarif rejalari qatoriga kiritilib, ular bo‘yicha yangi ulanishlar to‘xtatildi. Abonentlar yangi, yanada tezroq va limitsiz tariflarga ulanishlari mumkin. Bonus sifatida ularga Internet bilan birga telefon ham ulab beriladi. Mazkur xizmatdan «O‘zbektelekom»ning yangi abonentlari ham foydalanishlari mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom» ogohlantiradi: «Respublikamizning yettita hududida mana shu kunlari aloqada uzilishlar bo‘lishi mumkin»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.