O‘zi 100 dollar, lekin 1000 dollarlik flagmanlarni ortda qoldirmoqchi

  •   Saroy
  •  7629
  •  13.06.2018 11:20

O‘zi 100 dollar, lekin 1000 dollarlik flagmanlarni ortda qoldirmoqchi

Mobil qurilmalariga romsiz ekranlarni qo‘llashni eng birinchi bo‘lib Xiaomi Mi MIX boshlagan edi. Shunday smartfonlarni biz, ilk bor 2016 yilning oxirida ko‘rgandik. Shunga ham mana bir yarim yil o‘tdi, yonromlarsiz ekranli samartfonlar esa hamon urf bo‘lishda davom etmoqda. Har kuni mana  shunday xususiyatga ega mobil qurilmalar dunyo bozorini to‘ldirmoqda va juda yaxshi sotilmoqda ham. Qaysi tomondan  olib qaramang, eng chiroyli, qulay, kuchli smartfonlarning  biri sifatida Samsung Galaxy S8’ni tan olamiz. Biroq, narxi yuqoriligi sabab, bu gadjet hamma xaridorlar uchun ham hamyonbop hisoblanmaydi.

Ha, kimning Samsung Galaxy S8, Xiaomi Mi MIX 2, iPhone X yoki boshqa yonromlarsiz ekranli qurilmalarni xarid qilishga qurbi yetmagan bo‘lsa, bugun ular uchun xushxabar bor. Dunyo bozorlarida narxi atigi 100 AQSh dollari turadigan yangi smartfon savdosiga start berildi. Gap, yaqindagina ba’zi texnik tavsiflari oshkor etilgan AllCall Mix2 smartfoni haqida bormoqda.

O‘QING: iPhone X: buni o‘qimay turib, xarid qilmang!

AllCall Mix2 smartfoni 5,99-dyuymli romsiz ekranga ega bo‘lib, u 2160 ga 1080 piksel (Full HD+) formatida bo‘ladi. Qolaversa, 8-yadroli  2,0 GGs, 6 GB takt chastotali MediaTek Helio P23 protsessori qurilmaning ishlash imkoniyatlarini yuqori darajada ta’minlaydi. Tezkor va ichki xotirasi 64 va 128 GB. Qurilma Qi standarti bo‘yicha tez quvvatlantiradigan texnologiyasiga ega. Face Unlocking yuzni skaneri va Android 8.1 Oreo operatsion tizim smartfonning nafaqat texnik imkoniyatlarini, balki raqobatchilari qarshisida nufuzini oshirishga ham xizmat qiladi.

Albatta, hisoblash kuchi bo‘yicha AllCall Mix2 smartfoni Samsung Galaxy S8 bilan bellasha olmasligi mumkin, biroq Xitoy mahsuloti bir yo‘la  6/128  GB xotiraga, Android 8.1 Oreo opiratsion tizimga, yuz skaneriga (dasturiy) hamda qo‘sh asosiy kameraga egaligi bilan Samsung Galaxy S8’dan  ustun turadi. Zero, yuqorida sanab o‘tganlarimizning birortasi ham Janubiy Koreya korporatsiyasining flagmanida mavjud emas, garchi, u 6-7 barobar qimmat tursa-da.

O‘QING: Nihoyat, Samsung «kambag‘albop flagman»larini taqdim etdi!

To‘g‘ri,  AllCall Mix2’ning dasturiy ta’minoti Janubiy Koreya korporatsiyasi mahsuloti bilan taqqoslaganda u qadar a’lo  daraja bo‘lmasligi mumkin, lekin masalaga narx va sifat nuqtai-nazaridan yondoshiladigan bo‘lsa, Xitoy gadjeti o‘zining qimmat raqibini har tomonlama ortda qoldiradi. Bu esa, shuni ko‘rsatmoqdaki,  Samsung va boshqa kompaniyalar o‘z flagmanlarini 2-3 barobar arzon qilib sotsa ham yutqazmas ekan, ammo ko‘p daromad olish ular uchun birinchi o‘rinda turadi, deyiladi mazkur xabarda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!