O‘zidan ko‘rsin: Marsoxod 45 kunda aloqaga chiqmasa undan voz kechiladi

  •   Saroy
  •  698
  •  04.09.2018 15:56

O‘zidan ko‘rsin: Marsoxod 45 kunda aloqaga chiqmasa undan voz kechiladi

2018 yilda Marsda kuchli qum buroni yuz berdi, natijada Opportunity marsoxodi halokat rejimiga o‘tishga majbur bo‘ldi, endi u energiyani tejashi kerak. Gap shundaki, apparat quyosh energiyasi bilan ishlaydi, bo‘ron vaqtida esa quyosh nuri sayyora yuzasiga yetib kelmaydi. Marsoxoddan oxirgi mujda 10 iyunda kelgan edi, shundan buyon undan darak yo‘q.

Ayni paytda Marsda chang-to‘zon darajasi asta-sekin pasaymoqda. Osmon ochilishi bilan marsoxod quyoshdan quvvat ola boshlaydi, NASA kun sanashni boshladi. Kompaniya 45 kun davomida marsoxoddan signal tutishga harakat qiladi. Agar bir yarim oy davomida u aloqaga chiqmasa faol qidiruv ishlari to‘xtatiladi.

O‘QISh:Sog‘mikan, omonmikan? Uch oydirki NASA marsoxod bilan aloqa qila olmayapti

Eng katta muammo shuki, Marsoxodning quyosh panellari chang-to‘zon bilan qoplanib qolgan bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitda, Mars sayyorasida esayotgan shamollar panellarning ustki qismini tozalashini kutish zarur bo‘ladi. Ammo, ehtimol buron apparatning muhim detallariga zarar yetkazgan bo‘lishi ham mumkin, unda Opportunity loyihasidan voz kechiladi.

Opportunity Mars yuzasiga 2004 yilda qo‘ndirilgan edi. Odatta bunday apparatlarning ishlash muddati uch oyga mo‘ljallangan bo‘ladi, lekin Opportunity mana 14 yildirki, koinotshunoslarga Qizil sayyoradan qimmatli ma’lumotlarni yetkazib kelmoqda. Uning hamkasbi  Curiosity marsoxodi esa Mars sayyorasidagi shafqatsiz sharoitga tayyorlangan va muqobil energiyadan foydalanadi.

O‘QISh:Koinotdan olingan fotosurat: Marsda kuchli po‘rtana

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.