Panasonic shaffof displeyni namoyish etdi

Panasonic shaffof displeyni namoyish etdi

Barcha kompaniyalar CES 2016 elektronika ko‘rgazmasiga eng so‘ngi innovatsion ishlanmalarni taqdim etmoqda. Panasonic kompaniyasi ham o‘zining zamonaviy qurilmalarini olib keldi. Ulardan biri shaffof holga o‘tish imkoniga ega displeydir.

Ishlab chiqaruvchilar bunday turdagi ekranlarni shkaf eshigiga o‘rnatishni taklif qilishmoqda. Kerakli vaqtda shaffof eshik, qolgan vaqtda esa undan monitor yoki televizor o‘rnida foydalanish mumkin va bu odamlar uchun o‘ziga xos qulaylik.

Umuman olganda, Panasonic`ning bu loyihasi, ya’ni shaffof holga o‘zgaruvchi displey dunyoda birinchi marotaba qo‘llanilgan uslub emas. Biroq ishlab chiqaruvchilarning ko‘rgazmadagi namoyishi chindan ham ko‘pchilikning qiziqishi va hayratiga sabab bo‘layapti.

Kompaniya mehmonlarga tokchasida turli narsalar joylangan shkafni ko‘rsatishmoqda. Bir muddatdan so‘ng shkafda shaffof ekran yoqilib, monitorga aylanadi va turli tasvirlarni ko‘rsata boshlaydi.

1080r ko‘rsatkichli displey mikroskopik svetodiotlar asosida qurilgan va tasvirlar oynali panelda aks etadi. Hozircha ekranni 100 % foiz shaffof deb bo‘lmaydi, lekin Panasonic mutasaddilarining tasdiqlashicha, muhandislar tez orada bunga ham erishadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!