Pavel Durov Telegram​ foydalanuvchilarining erkinligi va anonimligini himoya qilishga va’da berdi

Pavel Durov Telegram​ foydalanuvchilarining erkinligi va anonimligini himoya qilishga va’da berdi

Ommabop bo‘lgan Telegram asoschisi Pavel Durov payshanba kuni, kompaniya o‘z siyosatini davom ettiradi, barcha foydalanuvchilar erkin va anonimligi ta’minlanadi deb, bayonot berdi.

"Telegram erkinlik va anonimlik himoyasida turadi. Davlatlar qo‘yayotgan xar qanday cheklovlar hech narsani o‘zgartirmaydi" , - deb, Durov o‘z kanalida yozdi.

Bundan tashqari, messenjer asoschisi Rossiya va Eron hukumatlari shunga o‘xshash ilovalar ishlatishda o‘z pozitsiyalarini o‘zgartirishlariga umid qildi. 

"Aminmanki, vaqti kelib, Eron va Rossiya ham shunday vaqt bo‘ladiki, biz va boshqa IT-kompaniyalari o‘zimizning ofislarimizni ochamiz. O‘sha davrgacha foydalanuvchilarimizga anonim ravishda xabarlar bilan o‘zaro almashinishga imkon bergan holda, hurlikni hurmat qiladigan mamlakatlarda ishimiz davom ettiramiz", - ta’kidladi Durov.  

Joriy haftaning seshanba kuni Eron prokuraturasi Durovga nisbatan jinoiy ish qo‘zgatgan edi. Prokuraturaning ta’kidlashicha, messenjerdan bolalar pornografiyasi va "IShID" terroristik guruh ma’lumot almashgan.

Bundan tashqari, bir necha bor Roskomnadzor Telegram guruhi va shaxsan Pavel  Durovga Rossiya qonunchilik talablarini qo‘yib, messenjer orqali tarqatilayotgan ma’lumotlarni ochiqlashga chaqirgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!