Pentagon bilan shartnoma tuzib, Bill Geyts yana dunyoning eng boy kishisiga aylandi!

  •   DiMaX
  •  1795
  •  16.11.2019 18:17

Pentagon bilan shartnoma tuzib, Bill Geyts yana dunyoning eng boy kishisiga aylandi!

Keyingi paytlarda Amazon asoschisi Jeff Bezos sayyoramizdagi eng badavlat odam bo‘lib kelayotgan edi. Bugun – 2019 yilning 16 noyabrida Bloomberg Billionaires Index e’lon qilgan ro‘yxatda u ikkinchi o‘ringa tushib qolgan.

O‘QING: Dunyoning eng boy odami kompaniyasi bankrot bo‘lishini bashorat qildi

Milliarderlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa yana Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts chiqib olgan. Bunda yaqinda Pentagon bilan tuzilgan shartnoma ham muhim rol o‘ynaydi, deyishmoqda reyting tuzuvchilar.

AQSh harbiylari bilan tuzilgan shartnoma tufayli Microsoft kompaniyasi 10 milliard dollarni qo‘lga kiritgan. Kelishuvga ko‘ra, Pentagon endi Microsoft’ning «bulutli» serverlariga o‘tadi. Shu bois kompaniya aksiyalari 4 foizga qimmatladi, Geyts sarmoyasi esa 110 milliard dollarga yetdi.

Ta’kidlash o‘rinliki, Pentagon bilan shartnoma tuzishga Amazon ham harakat qilayotgan edi. Shartnomani Microsoft ilib ketgach, uning aksiyalari deyarli 2 foizga arzonlashdi, rahbari Jeff Bezos sarmoyasi esa 108,7 milliard dollargacha kamaydi.

O‘QING: Ilon Mask milliardlarini qanday topgan?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!