Phone 1 Lite yoki Phone 2?

Phone 1 Lite yoki Phone 2?

OnePlus kompaniyasining sobiq asoschilaridan biri, Karl Pey tomonidan yuritilayotgan Nothing startapi o'tgan oyda o'zining ilk smartfonini katta shov-shuvlar bilan taqdim qildi. Oddiy telefonlardan farqli o'laroq, phone (1) smartfoni o'zining orqa shaffof dizayni va Glyph interfeysi deb ataladigan 900 dan ortiq LED chiroqlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Biroq, so'nggi xabarlarga ko'ra londonlik kompaniyaning navbatdagi smartfoni bu xususiyatlarga ega bo'lmaydi.

The Mobile Indian nashrining xabar berishicha, Nothing allaqachon o'zining ikkinchi smartfoni ustida ishlashni boshlab yuborgan va u hozirgi phone (1) ning "lite", ya'ni "yengil" versiyasi bo'lishi aytilmoqda. Yangi qurilmaning hozirgisidan asosiy farqlari shundaki, u phone (1) da bo'lgani kabi na 900 LED chiroqlari bilan Glyph interfeysiga va na simsiz zaryadlanish xususiyatiga ega bo'ladi. Faqat yo'qotishlar emas, Phone 1 Lite batareyasi 5,000 mAh bo'lishi mumkin. Bu esa hozirgi 4,500 mAh batareyali phone (1) ustidan yaxshi yangilanish. Qolgan texnik xususiyatlar esa o'zgarishsiz qoladi.

Ma'lum bo'lishicha, yangi Nothing smartfoni narxi hozirgisidan ko'ra arzonroq, ya'ni byudjet variantda bo'ladi. Mish-mishlarga ko'ra, bo'lajak telefonning 6/128 GB xotirali modeli 315 dollar atrofida bo'lishi mumkin.

Aytish kerakki, Nothing'ga ushbu smartfon to'g'risida aloqaga chiqilganida, kompaniya ma'lumotlarni rad etgan va yangi telefon uchun hozircha rejalar yo'qligi aytilgan. 

O'QING: Nothing phone (1) smartfonida birinchi ishkal

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.