Poco M4 5G taqdim etildi

Poco M4 5G taqdim etildi

Xiaomi o‘tgan yilning noyabr oyida Dimensity 810 chipi bilan jihozlangan Poco M4 Pro 5G modelini taqdim etgan edi. 

Kecha esa kompaniya ushbu qurilmaning arzonroq versiyasi Poco M4 5G'ni taqdim etdi. Smartfon Dimensity 700 chipidan ishlaydi. 

Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. Uning 4/64GB, 6/128GB xotiraga ega turlari bo‘ladi. Xotira, shuningdek, microSD kartasi bilan kengaytirish imkoniyati yaratilgan. 

Gadjet 90 gertsda ishlovchi 6.58 dyuymli FHD+ LCD displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, u Gorilla Glass 3 shishasi bilan himoyalangan. Old panelda 8MP selfi kamera joylashgan. Ekran 30, 60, 90 gerts chastotalarga o‘tgan holda ishlashi mumkin. 

Orqa panelda katta “Poco“ yozuvini ko‘rishimiz mumkin. U yerda, shuningdek, 50MP asosiy va 2MP sath kamera joylashgan. Smartfonda 3.5 mm audio jek va IP52 standarti mavjud. Barmoq izi skaneri yon tomonda joylashgan. 

Qurilmadagi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator 18 vattda quvvat oladi. Qutida esa 22.5 vattlik quvvlash adapteri bo‘ladi. Ayrim kompaniyalar samrtfonni quvvatlagichsiz sotayotgan bir vaqtda Poco'ning bunday adapterlarni taklif qilishi juda yaxshi holat. 

Smartfon uch xil rangda taqdim etildi. Uning narxi quyidagicha: 

4/64GB - 170 dollar

6/128GB - 195 dollar 

Qurilma 5 may sanasidan sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Eng kuchli Poco smartfoni taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!