Poco X4 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Poco X4 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Poco X4 Pro 5G ko‘pchilik kutgan Poco emas. Chindan ham, Poco X3 Pro'ning davomchisini kutganlar, umuman boshqa smartfonni guvohiga aylanishdi. 

Poco X4 Pro 5G aslida global Redmi Note 11 Pro 5G'ning qayta brendlangan versiyasi bo‘lib, uning orqa panel dizayniga biroz o‘zgartirish kiritilgan. Poco bu ishni birinchi marta yoki so‘nggi marta qilayotgani yo‘q. Biroq smartfon dizayni biroz boshqa smartfonlardan ajralib turadi. 

Foto: GSMArena 

Poco X4 Pro 5G modeli 120 gerts chastotada ishlovchi 6.67 dyuymli Super AMOLED displeyi hamda Snapdragon 695 chipi bilan jihozlangan. Poco X3 Pro modeli Snapdragon 860 chipi, Poco X3 NFC esa Snapdragon 732G chipga ega. Albatta, Snapdragon 860 flagman darajadagi chip hisoblanadi, biroq yangi Snapdragon 695 eski 732G chipiga qaraganda yaxshiroq ishlaydi hamda 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Orqa paneldan odatdagidek uchta kamera o‘rin olgan - 108MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera. Redmi Note 11 modellari yoki Poco X3 seriyasidan farqli o‘laroq unga sath kamera o‘rnatilmagan. 

Foto: GSMArena 

Smartfon stereo dinamik va ko‘pchilik yoqtirgan 3.5 mm audio jek, microSD uyasi hamda infraqizil portga ega. Qurilma 67 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Poco X4 Pro 5G smartfoni Android 11 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 12 grafik qobig‘ida ishlaydi. Qiziq tomoni shundaki, qurilma so‘nggi versiyadagi MIUI gobig‘ida ishlasa-da, negadir Android tizim eng oxirgi versiyada emas. Bu Xiaomi uchun birinchi holat emas. Avval ham bunday vaziyatlar kuzatilgan. Balki keyinchalik smartfon so‘nggi versiyadagi Android tizimga o‘tar. 

Poco X4 Pro 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 164.2x76.1x8.1mm, 205g; old panel shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel shisha, plastik rom; IP53. 

> Displey: 6.67 dyuymli AMOLED, 120Hz, 1200 nit (maksimal), 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 395ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM6375 Snapdragon 695 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Kryo 660 Gold & 6x1.7 GHz Kryo 660 Silver); Adreno 619.

> Xotira: 6/128GB, 8/256GB; UFS 2.2; microSDXC sloti. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 13. 

> Kamera: Asosiy kamera: 108MP, f/1.9, 26mm, 1/1.52“, 0.7µm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 118˚; Makro kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 16MP, f/2.5, (keng), 1/3.06“ 1.0µm. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 1080p@30 kadr/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5000 mAs;  67W vatt quvvatlash texnologiyasi, 100% - 41 daqiqada (reklamaga ko‘ra), Power Delivery 3.0, Quick Charge 3+. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); 3.5 mm audio jek; infraqizil port. 

O‘tgan yilgi Poco X3 Pro modeli 250 yevro narxda sotuvga chiqqan edi. Bu yilgi model 300 yevro narxda sotilmoqda. Albatta, endi Poco X4 Pro modelini arzon narxdagi flagmanlar kabi ishlovchi smartfon deya olmaymiz. Qurilma hatto 4K formatda video yozib ololmaydi. 

Biroq o‘tgan yilgi modeldan farqli o‘laroq yangi model AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Shuningdek, u 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Qadoq tarkibi 

Qurilma qutisidan smartfon bilan birga 67 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan. 

Foto: GSMArena 

Qurilma ekraniga maxsus himoya plyonkasi o‘rnatilgan. 

O‘QING: Xiaomi 12X'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!