Pokemon GO ishqibozi 1400 AQSh dollari jarima to‘laydi va haydovchilik guvohnomasidan ayriladi

Pokemon GO ishqibozi 1400 AQSh dollari jarima to‘laydi va haydovchilik guvohnomasidan ayriladi

Avstraliyaning Melburn shahri janubi-sharqida istiqomat qiluvchi 19 yoshli yigit katta tezlikda mashinasi bilan mahalliy kollej devoriga borib urilgan. Ma’lum bo‘lishicha, u mashina boshqarayotgan paytda Pokemon GO o‘yinini o‘ynash bilan band bo‘lgan va unga chalg‘ib, muyulishda nazoratni yo‘qotgan. Buni yo‘l harakati nazorati inspektorlari ham tasdiqlashdi. To‘qnashuvda hech kim jarohatlanmagan, deb yozadi life.ru sayti.

Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari uning haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yishdi va bu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Endi yosh haydovchi yigitni yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun 1400 AQSh dollari miqdoridagi jarima kutmoqda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining bayon qilishicha, u bilan transport boshqaruvi chog‘ida mobil aloqa qurilmalaridan foydalanmaslik to‘g‘risida tushuntirish suhbati o‘tkazilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!