Pokemon Go o‘yinchilari 8,7 milliard kilometr masofa bosishdi

Pokemon Go o‘yinchilari 8,7 milliard kilometr masofa bosishdi

Shu yilning yoz oylarida taqdim qilingan Pokemon Go o‘yini juda ko‘p foydalanuvchilarning e’tiborini jalb qilib, katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. O‘yinchilar  pokemonlarni ushlash uchun qancha-qancha ko‘chalarni kezishmadi deysiz,  hatto ba’zi ishqibozlar buning uchun boshqa mamlakatga ham borgani qayd etilgan. Hozir ushbu o‘yinga bo‘lgan qiziqish ancha susaygan, ammo mualliflar yangilanishlarni chiqarishda davom etishmoqda.

Joriy haftada o‘yin muallifi hisoblangan Niantic kompaniyasi juda qiziqarli ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi, deb yozmoqda Phonearena.  Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra o‘yin relizidan boshlab hozirgacha foydalanuvchilar jami 8,7 mlrd kilometr masofa bosishgan ekan. Bu ko‘rsatkich esa Yerdan Plutongacha bo‘lgan masofadan ham ko‘proq.

Xabarda aytilishcha, o‘yinchilar jami 88 mlrd yoki kuniga taxminan 533 mln pokemon ovlagan ekan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!