Portalda endi davlat byudjetining ijrosini ham kuzata olasiz!

  •   DiMaX
  •  462
  •  11.04.2019 09:19

Portalda endi davlat byudjetining ijrosini ham kuzata olasiz!

Kuni kecha «Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-4273, 09.04.2019 y.) qabul qilindi. Unda shaffoflikni ta’minlash maqsadidagi bir qator o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» nomli Telegrem-kanali.

O‘QING: INPS va INN (STIR) raqamlarini internetdan qanday bilish mumkin?

Qarorga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Mazkur ma’lumotlar Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz)da e’lon qilib boriladi. Portaldagi axborotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida e’lon qilib boriladi. Bunda uning ingliz tilidagi shakli 2019 yil 1 avgustga qadar ishga tushiriladi.

Shu maqsadda Statistika qo‘mitasida Portal faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bo‘linma tashkil etildi.

Portalni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, uzluksiz ishlab turishini ta’minlash Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Portalda e’lon qilinayotgan ma’lumotlar ham «Ochiq ma’lumotlar global indeksi» va «Ochiq ma’lumotlar barometri» metodikasining asosiy yo‘nalishlari asosida qayta ko‘rib chiqiladi.

Xususan, unga ko‘ra davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining ijrosi, vazirlik, idoralarning byudjeti, hududlar kesimidagi byudjetlar, davlat organlarining barcha tanlovlari va tenderlari haqidagi ma’lumotlar mazkur Portalda e’lon qilinadi.

Bundan tashqari havo sifati (havoning o‘rtacha sutkalik ifloslanishi haqidagi ma’lumotlar), suv sifati (ichimlik suv manbalari haqidagi ma’lumotlar), yo‘nalishlar va hududlar kesimida jinoyatchilik ko‘rsatkichlari kabi ma’lumotlarni ham ushbu Portal orqali topish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Shavkat Mirziyoyev Qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda yana bitta portal ishga tushadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!