Prezident Axborot texnologiyalari vazirining birinchi o‘rinbosarini tayinladi

Prezident Axborot texnologiyalari vazirining birinchi o‘rinbosarini tayinladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyundagi PQ-3102-son qaroriga muvofiq, Umarov Olimjon Muxamadjanovich O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytida xabar berilmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ma’lum qilishicha, bungacha Olimjon Umarov vazirlikning AKT boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.