Prezident innovatsion maktabga tashrif buyurdi

Prezident innovatsion maktabga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni Urganch shahridagi «Nihol» innovatsion maktabini borib ko‘rgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qilmoqda. 

«Nihol» innovatsion maktabi joriy yil sentyabr oyida faoliyatini boshlagan edi. Maktab boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mental arifmetika, ingliz va rus tillarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rgatishga ixtisoslashgan. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida shaxmat to‘garagi tashkil etilgan. Maktabga tayyorlov guruhlari ham yo‘lga qo‘yilgan.  


 

Maktabda 19 ta fan xonasi, kutubxona, oshxona, sport zali, o‘qituvchilar va hamshira xonalari, faollar zali mavjud.   

Hozirda innovatsion maktab 250 o‘ringa mo‘ljallangan. Ehtiyojdan kelib chiqib yana 500 o‘rinli yangi o‘quv binosi barpo etish rejalashtirilgan. Unda bolalar o‘qishni yuqori sinflarda ham davom ettirib, bilimini mustahkamlab boradi.

Shavkat Mirziyoyev maktabga avtobus va o‘quvchilarga  planshetlar sovg‘a qilish bo‘yicha topshiriq bergan.

O‘QING: O‘zbekistonda "aqlli universitet" paydo bo‘ladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!